Moskva aeroportida Uzbekistan Airways samolyoti shikastlandi
Oqibatda Moskva-Toshkent reysi bekor qilindi.

Foto: Getty images
5 mart kuni Rossiya poytaxti Moskva shahrining «Vnukovo» aeroportida Uzbekistan Airways samolyoti shikastlandi. Bu haqda Aviaincidens xabar berdi.
Qayd qilinishicha, Toshkent–Moskva reysini amalga oshirgan Boeing 787 samolyotidan teleskopik trap olinayotganda korpusda tirnalish va bukilish sodir bo‘lgan. Samolyotning texnik holati baholanmoqda.
Uzbekistan Airways aviakompaniyasi xabariga ko‘ra, 5 mart kuni HY612 reysi (Vnukovo (Moskva) – Toshkent yo‘nalishi) «texnik sabablarga ko‘ra majburiy ravishda bekor qilingan».
Ta’kidlanishicha, yo‘lovchilar 2025 yil 5 mart va 6 mart kunlari aviakompaniya tomonidan amalga oshiriladigan muqobil reyslar orqali jo‘natiladi. Kutish davrida yo‘lovchilar mehmonxonaga joylashtirilgan.
Mavzuga oid

13:55 / 19.04.2025
Moskva va Kiyev halok bo‘lgan askarlarning jasadini almashdi

13:30 / 16.04.2025
Moskva sudi «jurnalistlar ishi» bo‘yicha hukm chiqardi

12:30 / 15.04.2025
Eron tashqi ishlar vaziri Arag‘chi Moskvaga tashrif buyuradi

01:01 / 15.04.2025