AQShda 15 yil ichida birinchi marta o‘lim jazosi otuv yo‘li bilan amalga oshirildi
AQShda beysbol tayoqchasi bilan ikki kishini o‘ldirgan 67 yoshli erkak otib o‘ldirildi. Mahkumning o‘zi bu qatl usulini tanlagan. Bu AQShda so‘nggi 15 yildagi birinchi va deyarli yarim asrdagi to‘rtinchi otuvdir.

Foto: AP
Qo‘shma Shtatlarda 15 yil ichida birinchi marta otib o‘ldirish bilan o‘lim jazosi amalga oshirildi. Bu haqda 7 mart, juma kuni Janubiy Karolina jazoni ijro etish departamenti ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi. «Bred Kit Sigmon bugun soat 18:05 da otib o‘ldirilgan va shifokor uning o‘limini soat 18:08 da tasdiqlagan», — deyiladi xabarda.
Mahkumning o‘zi qatl usulini tanladi
Associated Press (AP) ma’lumotlariga ko‘ra, Sigmon qatl etilganda 67 yoshda edi, 2001 yilda u o‘zining sobiq sevgilisining ota-onasi Devid va Gledis Larkni beysbol tayoqchasi bilan o‘ldirgan.
Advokatlarning ta’kidlashicha, Sigmonning o‘zi qatl qilish usuli sifatida otuvni tanlagan. Mahkum elektr kursisidan yoki o‘limga olib keladigan inʼeksiyadan bosh tortdi.
AP xabariga ko‘ra, Sigmonni qatl xonasiga olib kirishgan va stulga o‘tqizishgan. Otuv mahkum yoki guvohlarga ko‘rinmasligi uchun devordagi teshiklardan o‘t ochishgan.
Otib o‘ldirish - AQShda qatlning kam uchraydigan shakli
AP yozganidek, Qo‘shma Shtatlarda otib o‘ldirish kamdan-kam uchraydigan qatldir. Sigmon ishi mamlakatda 1977 yildan beri sodir bo‘lgan to‘rtinchi otuv bo‘ldi. Hammasi bo‘lib, bu davrda 1500 dan ortiq odam qatl etilgan, ularning aksariyati o‘limga olib keladigan inʼeksiya orqali o‘ldirilgan.
Qatldan oldin bir guruh namoyishchilar qamoqxona oldida to‘planib: «Har bir hayot bebahodir» va «Adolatni o‘rnating, odamlarni o‘ldirmang» degan yozuvlar bilan chiqishdi.
Mavzuga oid

09:59
Ukraina AQSh yordamining to‘xtatilishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

23:25 / 24.04.2025
Tramp millionerlar uchun soliqlarni oshirishdan bosh tortdi

13:30 / 24.04.2025
90 foiz uylar vayron bo‘lgan G‘azo, Kashmirdagi teraktda ayblanayotgan Pokiston va barbod bo‘lgan London muzokaralari - kun dayjesti

09:50 / 24.04.2025