Janubiy Koreya prezidenti tergov izolyatoridan ozod etildi
Yun Sok Yol hibsda 52 kun o‘tirdi. Isyonga urinish ishi bo‘yicha tergov davom etmoqda.

Foto: Yonhap
Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol Seul janubidagi Uyvang qamoqxonasini tark etdi, deb xabar berdi Yonhap. Uni tergov izolyatori darvozasi oldida tarafdorlari kutib oldi.
«Men sudning jasorati va xatoni tuzatishdagi qat’iyatini qadrlayman», dedi Yun va saylovchilarga minnatdorchilik bildirdi.
Yun Sok Yol hibsda 52 kun o‘tirdi.
7 mart kuni sud siyosatchining arizasini qanoatlantirib, uning hibsga olinishini bekor qildi. Biroq, isyonga urinish ishi bo‘yicha tergov davom etmoqda.
2024 yil dekabr oyi boshida Yun Janubiy Koreyada harbiy holat e’lon qilishga urindi. Keyinchalik unga impichment e’lon qilindi va isyonda ayblandi. Yanvar oyi oxirida siyosatchi hibsga olindi. Yun harbiy holat e’lon qilish qarorini Janubiy Koreyani «Shimoliy Koreya kommunistik kuchlari tahdididan» himoya qilish istagi bilan izohlagan edi.
Mavzuga oid

12:36 / 24.04.2025
Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Mun Je In poraxo‘rlikda ayblandi

18:42 / 21.04.2025
Seulda erkak pestitsid purkagich yordamida 21 qavatli binoga o‘t qo‘ydi

16:11 / 20.04.2025
Janubiy Koreya Harbiy-havo kuchlari deyarli barcha parvozlarni to‘xtatdi

08:10 / 19.04.2025