Oq uy yaqinida otishma sodir bo‘ldi
AQSh Maxfiy xizmati xodimlari va qurollangan erkak o‘rtasida otishma yuz berdi. Holat yuzasidan tergov harakatlari boshlangan.

Foto: Bloomberg via Getty Images
AQSh Maxfiy xizmati xodimlari Oq uy yaqinida paydo bo‘lgan qurollangan erkakka qarata o‘t ochdi. Bu haqda idora matbuot kotibi Entoni Gulelmi o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi orqali ma’lum qildi.
NBC News ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa 9 martga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan. Mahalliy politsiya Indianadan poytaxt Vashington tomon harakatlanayotgan «suitsidga moyil odam»ga e’tibor qaratgan.
Maxfiy xizmat agentlari ta’rifga mos keladigan inson piyoda harakatlanayotganini payqagan, keyinroq uning avtomobili ham topilgan. Kuch tuzilmalari xodimlari erkakning yoniga borganida, u o‘qotar qurolini chiqargan va o‘rtada otishma boshlangan.
Gumonlanuvchi shifoxonaga yotqizilgan, uning ahvoli haqida ma’lumot yo‘q. Maxfiy xizmat xodimlari orasida hech kimga jarohat yetmagan. Huquq-tartibot xodimlari sodir bo‘lgan voqea yuzasidan tergov harakatlarini olib bormoqda.
O‘tgan kuzda AQSh Maxfiy xizmati agentlari prezident Donald Trampning golf klubi yaqinidagi butalar orasida avtomatni ko‘rib qolganida o‘t ochgandi. Gumonlanuvchi qochib ketgan, biroq ko‘p o‘tmay u qo‘shni okrugda qo‘lga olingan edi. Butalar orasidan esa optik mo‘ljalga olish qurilmasi bilan jihozlangan «AK-74» tipidagi avtomat, ikkita ryukzak va GoPro videokamerasi topilgan.
Mavzuga oid

17:05 / 24.04.2025
Ilon Mask va moliya vaziri Skott Bessent Oq uyda janjallashib ketdi - Axios

12:58 / 19.04.2025
Oq uy kovid inson tomonidan yaratilganiga ishonyapti

23:41 / 17.04.2025
Noma’lum erkak Floridadagi universitetda otishma uyushtirdi. Qurbonlar bor

11:51 / 14.04.2025