430 tonna Ai-80 benzinini noqonuniy ravishda sotib yuborgan MChJ aniqlandi
Buxoro viloyatida 430,7 tonna Ai-80 markali avtobenzinni noqonuniy ravishda ulgurji sotib yuborgan MChJ aniqlandi.

Foto: O‘zenergoinspeksiya
«O‘zenergoinspeksiya» Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Kogon tumani «O‘ba cho‘li» MFYda joylashgan «N.P.» MChJga qarashli avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasida neft mahsulotlari sotuvga chiqarilishi bo‘yicha noqonuniy holat aniqlandi.
Xususan, «N.P.» MChJga qarashli avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasi ish faoliyatida bo‘lmasa-da, «Buxoro neft bazasi» MChJdan jami 430,7 tonna (3,7 mlrd so‘mlik) AI-80 markali avtobenzinni shoxobcha sig‘imlariga tushirilmasdan avtosisterna orqali ulgurji sotib yuborilganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan ushbu AYoQShning birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha to‘xtatildi.
Mavzuga oid

10:40 / 07.06.2025
Xorazm va Jizzaxda sifatsiz benzinni sotuvga chiqargan zapravkalar aniqlandi

09:37 / 07.06.2025
Sifatsiz benzinni sotuvga chiqargan AYoQShga 75 mln so‘m jarima qo‘llandi

18:55 / 01.04.2025
Shovotda benzin sisternasiga tushgan yigit zaharlanib vafot etdi

21:05 / 27.03.2025