Toshkentda Lacetti daraxtga borib urildi
Hodisa oqibatida avtomobil texnik shikastlangan, haydovchi va yo‘lovchilarga birinchi yordam ko‘rsatilgan.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Chilonzor tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 12 mart kuni soat 10:45 larda Chilonzor tumani 2-Qatortol ko‘chasida Lacetti rusumli avtomashina haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib, daraxt bilan to‘qnashuv sodir etgan.
YTH oqibatida transport vositasi texnik shikastlangan, haydovchi va yo‘lovchilarga birinchi yordam ko‘rsatilgan.
Telegramʼdagi «Tashkent land» kanali Lacetti yuqori tezlikda daraxtga borib urilganini yozmoqda. Zarb kuchli bo‘lganidan mashinaning dvigateli yo‘lga uchib ketgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, fevral oxirlarida poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanida avtobus daraxtga borib urilgan edi. Bunga jamoat transport vositasining yurish qismidagi texnik nosozlik sabab bo‘lgan.
Mavzuga oid

13:02
Avtomobillarning noqonuniy ijarasi bilan bog‘liq holat bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi

19:37 / 23.04.2025
Qashqadaryoda 14 yoshli o‘smir boshqaruvidagi Gentra YTHga uchradi. Qurbonlar bor

17:42 / 22.04.2025
Yunusobodda Lacetti yonib ketdi

12:03 / 19.04.2025