Temiryo‘l transportida bojxona ko‘rigi qancha davom etishi belgilandi
Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Markaziy bank va Transport vazirligining «Temiryo‘l transporti yo‘lovchilarining qo‘l yukini, bagajini, valutasini va valuta boyliklarini bojxona nazoratidan o‘tkazish va rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 6-bandiga o‘zgartirish kiritish haqida»gi qo‘shma qarori qabul qilindi.

Foto: Kun.uz
Temiryo‘l transportida bitta yo‘lovchining qo‘l yuki, bagaji, valuta va valuta qimmatliklarining bojxona ko‘rigi, bojxona ko‘zdan kechiruvi hamda yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini rasmiylashtirish vaqti 1,5 daqiqa ichida amalga oshiriladi.
Ushbu muddat quyidagi hollarda bojxona organi tomonidan 5 daqiqagacha uzaytirilishi mumkin:
- xavflarni boshqarish tizimining topshirig‘i asosida;
- bojxona organiga yo‘lovchining noqonuniy xatti-harakatlari to‘g‘risida ma’lumotlar kelib tushganida;
- olib kirilayotgan yoki olib chiqilayotgan naqd chet el valutasi va valuta boyliklarining nazoratini amalga oshirish maqsadida;
- bojxona nazoratini amalga oshirishda huquqbuzarlik alomatlari mavjudligi aniqlanganda.
Mavzuga oid

20:48 / 29.05.2025
Temiryo‘l muzeyida ovqatlanish shoxobchasi va attraksionlar ochilgani tanqidlarga sabab bo‘ldi

11:51 / 29.05.2025
“Hali suv neftdan qimmat bo‘ladi” – tahlilchilar Markaziy Osiyo kelajagini prognoz qilmoqda

21:47 / 27.05.2025
Yuk temiryo‘l stansiyalari poytaxt hududidan ko‘chirilishi mumkin

15:26 / 21.05.2025