Yangiyo‘lda Gentra simyog‘ochga borib urildi
Haydovchining aytishicha, u sog‘lig‘i yomonlashgani bois rul boshqaruvini yo‘qotgan va YTH sodir etgan.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Toshkent viloyati IIBB Yo‘l-harakati xavfsizligi boshqarmasi Yangiyo‘l tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 14 mart kuni soat tahminan 09:00 larda Yangiyo‘l tumani Amir Temur ko‘chasi 21-uy qarshisida haydovchi F.J. Gentra rusumli transport vositasini boshqarib ketayotgan vaqtida yo‘l chetidagi beton ustunga borib urilgan.
Haydovchining so‘zlariga ko‘ra, u sog‘lig‘i yomonlashgani tufayli rul boqaruvini yo‘qotib, YTH sodir etgan.
Ushbu yo‘l-transport hodisasi natijasida hech kimga ziyon yetmagan. Transport vositasi va elektr energiyasi simi o‘tgan ustun shikastlangan.

Holat yuzasidan Yangiyo‘l tumani IIB YHXB tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq Toshkent shahri Chilonzor tumanida Lacetti mashinasi daraxtga borib urilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid

18:09 / 08.06.2025
Toshkentda mototsikl va skuter ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Haydovchilar vafot etdi

12:00 / 05.06.2025
Xorazmda yosh yigit boshqaruvidagi Tracker kanalga quladi

15:08 / 04.06.2025
Toshkentda Nexia xavfsizlik orolchasidagi piyodani urib yubordi

22:28 / 03.06.2025