Yaponiya KXDRga yaqin oroliga uzoq masofaga mo‘ljallangan raketalarni joylashtirishi mumkin
Gap qariyb 1000 kilometr masofaga uchishga qodir «yer-kema» sinfidagi «Tip-12» raketasining modernizatsiya qilingan versiyasi haqida ketmoqda.

Foto: Kyodo
Yaponiya hukumati uzoq masofaga mo‘ljallangan raketalarini Kyusyu oroli janubi-g‘arbiga joylashtirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar beradi Kyodo agentligi.
Ta’kidlanishicha, bu mahalliy aholida potensial raqib nishoniga aylanish mumkinligi to‘g‘risida xavotir uyg‘otmoqda.
Gap qariyb 1000 kilometr masofaga uchishga qodir «yer-kema» sinfidagi «Tip-12» raketasining modernizatsiya qilingan versiyasi haqida ketmoqda. Bu favqulodda holat yuz berganda dushman hududidagi nishonlarni yo‘q qilish uchun «javob zarbasi» vositalarini qurolli kuchlar safiga qo‘shish choralarining bir qismi sifatida rejalashtirilgan. Raketalar Kyusyu oroliga joylashtirilsa, ular KXDR va Xitoyning qirg‘oqbo‘yi hududlarini nishonga olishi mumkin.
Manbalarga ko‘ra, raketalarni joylashtirish 2026 yil mart oyidan boshlanishi mumkin. Bu orqali janubi-g‘arbda joylashgan Nansey orollari tizimi xavfsizligini mustahkamlash maqsad qilingan. Ushbu orollar Tayvanga yaqin joylashgani sababli Tokio uchun strategik ahamiyatga ega.
Ta’kidlanishicha, Yufa hududi (Oita prefekturasi) va Kumamoto shahriga ham raketalarni joylashtirish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda. Kyodo agentligiga ko‘ra, mahalliy aholi qurollarning bu yerga joylashtirilishi ushbu hududlarni potensial raqiblar uchun nishonga aylantirishi mumkinligidan xavotirda. Shu bilan birga, agentlikning qayd etishicha, Yaponiya hukumati bu turdagi raketalarni Xitoyga yaqinroq Okinavaga joylashtirmaydi, chunki bu Pekin bilan munosabatlardagi keskinlikni kuchaytirishi mumkin.
Mavzuga oid

21:15 / 21.05.2025
Yaponiya qishloq xo‘jaligi vaziri guruch haqidagi gaplaridan keyin iste’fo berdi

09:05 / 21.05.2025
“Tabiiy, innovatsion, transformativ” – yaponlar o‘zbek pavilioniga qanday ta’rif bermoqda?

17:12 / 20.05.2025
“Tokiodagi o‘zbeklarning o‘g‘riligi O‘zbekiston imijiga minus” – Yaponiyadagi elchi bilan suhbat

11:21 / 16.05.2025