AQSh Qrimni Rossiya hududi sifatida tan olishi mumkin - OAV
Shuningdek, Tramp ma’muriyati BMTni ham shunday yo‘l tutishga chaqirmoqchi.

Foto: Reuters
AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Qrimni Rossiya hududi sifatida tan olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Semafor nashri o‘zining ikki manbasiga tayanib xabar berdi.
Ularning so‘zlariga ko‘ra, ushbu qadam Ukrainada jangovar harakatlarni to‘xtatish to‘g‘risidagi bo‘lajak tinchlik bitimining bir qismi bo‘lishi mumkin.
Nashr suhbatdoshlarining aytishicha, Tramp ma’muriyati Qrimni Rossiya hududi sifatida tan olish masalasida BMTga murojaat qilish imkoniyatini muhokama qilmoqda.
Donald Tramp oldinroq 18 mart kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan o‘tkaziladigan telefon muloqotida hududiy masalalarni muhokama qilmoqchi ekanini ta’kidlagandi. 17 mart kuni Oq uy AQSh Ukraina bilan «tinchlik o‘rnatilganidan keyin chegara qayerdan o‘tishini» muhokama qilayotganini bildirgan edi.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy fevral oyida Ukrainaning har qanday hududi Rossiya tarkibi sifatida huquqiy jihatdan tan olinishi Kiyev uchun «qizil chiziq» ekanini aytgan edi. Shu bilan birga, u jangovar harakatlar tugaganidan so‘ng ayrim hududlar de-fakto Rossiya nazorati ostida qolishi mumkinligini tan olgan.
Mavzuga oid

23:25 / 24.04.2025
Tramp millionerlar uchun soliqlarni oshirishdan bosh tortdi

13:30 / 24.04.2025
90 foiz uylar vayron bo‘lgan G‘azo, Kashmirdagi teraktda ayblanayotgan Pokiston va barbod bo‘lgan London muzokaralari - kun dayjesti

09:50 / 24.04.2025
Tramp Londondagi Ukraina muzokaralarini ijobiy baholadi

09:50 / 24.04.2025