Andijonda Matiz ikki nafar bolani urib yubordi
Asaka tumanida Matiz yo‘lni belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan bolalarni urib yubordi. Jabrlanuvchilar shifoxonaga yotqizilgan.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Andijon viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Asaka tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, Asaka tumani, Yuksalish MFY hududidan o‘tgan D-105E Asaka—Humo avtomobil yo‘lining 2-kilometrida 44 yoshli A.O. o‘zining Matiz rusumli transport vositasini boshqarib ketayotgan vaqtida, yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan ikki nafar bolani urib yuborgan.
YTH oqibatida tan jarohati olgan piyodalar Asaka tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Holat yuzasidan xozirda Asaka tumani IIB YHXG xodimlari tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Bundan oldin Surxondaryoda piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan 8 yoshli o‘quvchi YTH qurboni bo‘lgani, Namanganda Lacetti urib yuborgan 11 yoshli qiz halok bo‘lgani, shuningdek, Toshkentda Nexia-3 piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan fuqaroni urib yuborgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid

17:40
Andijonda zilzila yuz berdi

13:02
Avtomobillarning noqonuniy ijarasi bilan bog‘liq holat bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi

19:37 / 23.04.2025
Qashqadaryoda 14 yoshli o‘smir boshqaruvidagi Gentra YTHga uchradi. Qurbonlar bor

12:03 / 19.04.2025