Myanma hukumati zilzila qurbonlari soni 144 kishiga yetganini ma’lum qildi
Xunta yetakchisi general Min Aun Xlayn o‘lim va jarohatlanganlar soni yanada ortishi mumkinligini ta’kidlab, «istalgan davlat»ni yordam hamda xayriya qilishga taklif etdi.

Foto: Reuters
Myanmada zilzila qurbonlari soni 144 kishiga yetdi. Bu haqda mamlakatgi hukmron harbiy xuntaga tayanib, Reuters xabar berdi.
Shuningdek, yana 732 kishi jarohatlangan. Xunta yetakchisi general Min Aun Xlayn o‘lim va jarohatlanganlar soni yanada ortishi mumkinligini ta’kidlab, «istalgan davlat»ni yordam va xayriya qilishga taklif etdi. U davlat televideniyesida xalqaro yordam uchun yo‘nalishlarni ochganini ma’lum qildi.
«Halok bo‘lganlar soni ham ancha ko‘p. Hozircha aytishimiz mumkin bo‘lgani shu, chunki qutqaruv ishlari davom etmoqda. Qurbonlarning aniq soni hozircha noma’lum, ammo gap yuzlab odamlar haqida ketmoqda», — deydi BBC rus xizmatiga qutqaruv xizmatlarining anonim vakili.
Myanmada 28 mart kuni 7,7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Episentr mamlakatning ikkinchi yirik shahri — 1,5 million aholga ega Mandalayda.
Zilzila Tailand, Vetnam va Xitoyda ham sezildi. Tailand hukumati Bangkokda qurilayotgan bino qulashi oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi. U yerda ham qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda, vayronalar ostida yana o‘nlab odamlar bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid

17:40 / 24.04.2025
Andijonda zilzila yuz berdi

17:25 / 24.04.2025
Istanbuldagi zilzilada kuchli qo‘rquv tufayli O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi

21:05 / 23.04.2025
Erdo‘g‘an: AFAD va SSV bo‘linmalari jangovar shay holatga keltirildi

18:48 / 23.04.2025