Qozog‘istondan ota-ona qaramog‘isiz qolgan 10 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi
Ayni paytda bolalar vaqtincha Toshkent shahar IIBB qoshidagi voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirilgan.

Foto: Ijtimoiy himoya milliy agentligi
Toshkent xalqaro aeroportida Olmaotadan parvoz qilgan samolyot o‘zbekistonlik yosh vatandoshlarni olib keldi, deb xabar beradi Ijtimoiy himoya milliy agentligi.
Qayd etilishicha, bolalarga O‘zbekiston Ichki ishlar va Sog‘liqni saqlash vazirliklari xodimlari hamrohlik qilgan. O‘zbekistonning Qozog‘istondagi konsullik xodimlari ushbu bolalarning tez va xavfsiz vatanga qaytishini ta’minlash maqsadida barcha zarur hujjatlarni rasmiylashtirgan.
Ayni paytda bolalar vaqtincha Toshkent shahar IIBB qoshidagi voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirilgan. Bolalardan 8 nafari yaqin kunlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasiga yo‘l oladi va u yerda «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan tayyorlangan oila a’zolari hamda yaqin qarindoshlariga topshiriladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan uch oyda xorijdan vatanga qaytarilgan bolalar soni 31 nafarni tashkil qilgan — bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,5 barobar ko‘p.
Ta’kidlanishicha, yaqin kunlarda Sankt-Peterburgdan 10 nafardan ortiq bolalardan iborat guruh ham O‘zbekistonga qaytarilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, 29 mart kuni Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan 11 nafar voyaga yetmagan o‘zbekistonlik bola vatanga qaytarilgan edi.
Mavzuga oid

17:23 / 09.05.2025
Putin To‘qayevning otasini Sovet Ittifoqi qahramoni unvoni bilan taqdirladi

18:43 / 07.05.2025
Qozog‘istonda G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan harbiy parad o‘tkazildi

01:52 / 03.05.2025
Qozog‘iston rossiyalik to‘rt deputat va Davlat dumasi vitse-spikerining mamlakatga kirishini taqiqladi

16:46 / 02.05.2025