Malayziya O‘zbekiston kimyo sanoatida uchta loyihaga investitsiya kiritishi mumkin
O‘zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziyaning Sparco Engineering kompaniyasi loyihalar bo‘yicha direktori Raja Arif bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: dunyo.info
Muloqot chog‘ida Malayziya kompaniyasi ishtirokida O‘zbekistonda istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari xususida fikr almashildi.
Raja Arif kompaniya O‘zbekistonda kimyo sanoatida uchta – formaldegid, titan dioksidi va malein kislotasi ishlab chiqarish kabi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqayotganini ma’lum qildi.
Uchrashuv yakunida mazkur loyihalarni amalga oshirish yuzasidan amaliy sa’y-harakatlarni boshlash uchun kompaniya rahbariyati va texnik mutaxassislaridan iborat ishchi guruhning O‘zbekistonga safarini uyushtirish to‘g‘risida kelishib olindi.
Sparco Engineering kompaniyasi 2015 yil 10 oktyabrda mamlakatning Selangor shtatida tashkil etilgan. U neft-kimyo sanoatida EPCC yechimlari bo‘yicha Malayziyada yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi.
Mavzuga oid

08:35 / 14.04.2025
Malayziya O‘zbekistondagi daryo va kanallarda kichik GESlar qurishi mumkin

13:31 / 10.04.2025
Malayziya O‘zbekistondan qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlarini import qilishga qiziqish bildirmoqda

13:57 / 07.04.2025
Malayziya O‘zbekistonda yirik quyosh elektr stansiyalarini qurishga investitsiya kiritadi

23:39 / 03.04.2025