AQSh O‘zbekistonga noqonuniy immigratsiyaga qarshi kurashdagi hamkorlik uchun minnatdorlik bildirdi
O‘zbekiston prezidentining maxsus vakili Abdulaziz Komilov Vashingtonda AQSh Davlat kotibi o‘rinbosari bilan uchrashdi.

Foto: Getty images
AQSh Davlat kotibi o‘rinbosari Kristofer Landau va O‘zbekiston prezidentining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Komilov 7 aprel kuni Vashingtonda uchrashdi.
AQSh O‘zbekiston mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashini hamda AQSh-O‘zbekiston strategik sherikligini yanada rivojlantirishni yana bir bor ta’kidladi.
Davlat kotibi o‘rinbosari Landau O‘zbekistonning fuqarolik atom energetikasi va muhim foydali qazilmalar va boshqa iqtisodiy biznes sohalariga sarmoya kiritish bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash borasidagi sa’y-harakatlarini qayd etdi.
Shuningdek, u O‘zbekistonga noqonuniy immigratsiya va terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha hamkorlikni davom ettirayotgani uchun minnatdorlik bildirdi.
Mavzuga oid

08:00
Tramp Los-Anjelesga dengiz piyoda askarlari va ko‘proq milliy gvardiyachilarni yubordi

22:38 / 09.06.2025
Saida Mirziyoyeva AQSh davlat kotibi yordamchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

21:09 / 09.06.2025
Shavkat Mirziyoyev AQShning yetakchi kompaniyalari delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi

18:40 / 09.06.2025