Bank mahallabay ishlash tizimi doirasida 279 ming nafar aholi bandligini ta’minlashni ko‘zlamoqda. Bunda 115 ming nafar aholi doimiy ishga joylashtiriladi va 164 ming nafari tadbirkorlikka jalb qilinadi.
“Biznesni rivojlantirish banki” Yevropa moliya institutlari bilan faol hamkorlik qilmoqda
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB O‘zbekistondagi iqtisodiy islohotlarning faol ishtirokchisi bo‘lish bir bir qatorda, xalqaro moliya institutlarining ishonchli hamkoriga ham aylanmoqda. Bank xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va jahon moliya bozorlaridagi ishtirokini kengaytirishga intilmoqda. Xususan, bankning Yevropa Ittifoqi xududidagi moliya tuzilmalari bilan hamkorligi yildan yilga faollashib bormoqda.

Foto: Biznesni rivojlantirish banki
Ayni paytda mazkur moliya muassasasi Yevropa investitsiya banki, Fransiya taraqqiyot agentligi, Kommersbank, AKA Bank, Xelaba banki, ODDO-BHF, Rayffayzenbank, UBAF kabi moliya institutlari bilan hamkorlik qilib kelmoqda.
“Biznesni rivojlantirish banki” Germaniyaning Xermes va Avstriyaning OeKB kabi eksport kredit agentliklari bilan hamkorlikda investitsion loyihalarni moliyalashtirish borasida ham tajribaga ega.
Bugunga qadar bank tomonidan Yevropa investitsiya banki, Kommersbank, AKA Bank, Xelaba banki, ODDO-BHF kabi bank va moliya institutlari bilan 110 mln yevrodan ortiq kelishuvlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, Fransiya taraqqiyot agentligi (AFD), Rayffayzenbank, UBAF kabi hamkorlar bilan 56 mln yevro miqdoridagi kelishuvlarni amalga oshirish boshlangan.
Mazkur hamkorlik doirasida “Biznesni rivojlantirish banki” tomonidan tadbirkorlik tashabbuslari, shu jumladan, ayollar tadbirkorligi qo‘llab-quvvatlanadi va xalqaro savdo shartnomalarni moliyalashtirish amalga oshiriladi.
Shuningdek, Fransiya taraqqiyot agentligi hamda KFW kabi taraqqiyot banklarining ko‘magida bank amaliyotining xalqaro tajribasini joriy qilish, tadbirkorlarni o‘qitish va ular uchun treninglar tashkil etish ishlari amalga oshiriladi.
Ma’lumot uchun, “Biznesni rivojlantirish banki” 2023 yilda sobiq ATB “Qishloq qurilish bank” negizida qayta tashkil etilgan. Samarali menejment natijasida bankning moliyaviy barqarorligi mustahkamlanmoqda.
Xususan, 2025 yil 1 aprel holatiga, bankning kredit qo‘yilmalari 22 trln 530 mlrd 800 mln so‘mga yetdi.
Joriy yilda “Biznesni rivojlantirish banki” tomonidan barcha manbalar hisobidan 10 trln 400 mlrd so‘mlik kreditlar ajratish reja qilingan.
Mavzuga oid

16:59 / 23.04.2025
"Biznesni rivojlantirish banki" Mening biznesim” va “Mening buyurtmam” ilovalari taqdimotini o‘tkazdi

17:00 / 15.04.2025
“Biznesni rivojlantirish banki”da 174 ta jarayonning 104 tasi to‘liq raqamlashtirilgan

11:00 / 20.03.2025
“Biznesni rivojlantirish banki” 2024 yildagi faoliyati bo‘yicha jamoatchilikka hisobot berdi

17:00 / 14.03.2025