Samarqandda haydovchi 25 nafar bolani Damas'ga mindirib ketayotgani aniqlandi
Haydovchi YPX xodimlarini mashinada 17 nafar bola bor, deya aldashga uringan. Ammo sanab ko‘rilganida ular 25 nafar ekanligi ma’lum bo‘lgan. “Har kuni ikki reysga bosardim”, degan haydovchi.

Jomboy tumanida Damas haydovchisi 25 nafar bola bilan harakatlangani aniqlandi. Bu haqda Samarqand viloyati YHXB xabar berdi.
Mashina YPX xodimlari tomonidan to‘xtatilgan. Haydovchi YPX xodimlarini mashinada 17 nafar bola bor, deya aldashga uringan. Ammo sanab ko‘rilganida Damas'da 25 nafar bola olib ketilayotgani aniqlangan.
Belgilangan o‘rindiqdan ko‘p yo‘lovchi olib ketayotgan haydovchiga nisbatan tegishli tartibda bayonnoma rasmiylashtirilgan.
“To‘g‘ri, mumkin emas. Har kuni ikki reys qilardim. Nima deyishni ham bilmay qoldim”, degan haydovchi. Aslida 25 nafar bolani Damas mashinasida “ikki reys”da ham tashish mumkin emas.
Haydovchi holat boshqa takrorlanmasligiga va’da bergan.
Oldinroq Qoraqalpog‘istonda 27 nafar bolani tashiyotgan Damas aniqlangandi.
Mavzuga oid

23:20 / 22.04.2025
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Samarqandga keldi

19:46 / 22.04.2025
Gurbanguli Berdimuhamedov 23 aprel kuni Samarqandga keladi

10:53 / 22.04.2025
Jomboy tumani FVB boshlig‘i pora bilan ushlandi

17:56 / 18.04.2025