Chelyabinskdagi korxona O‘zbekiston fuqarolarini ish bilan ta’minlash taklifini bildirdi
O‘zbekistonning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxona xodimlari Chelyabinsk viloyatiga safarlari davomida "Russkiye pryanniki" MChJ rahbariyati bilan muzokara o‘tkazdi.

Foto: "Dunyo" AA
Unda O‘zbekiston fuqarolarini mazkur korxonaga qonuniy tarzda ishga joylashtirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Rossiya tomoni O‘zbekiston rahbariyati tomonidan migratsiya sohasini tartibga solish, xorijda ishlayotgan yurtdoshlar huquqiy himoyasini yanada kuchaytirish, chet elda ishlamoqchi bo‘lganlar malakasini oshirish, ularni aniq kasblarga o‘qish bo‘yicha hayotga tatbiq etilayotgan dasturlar bilan tanishtirildi. O‘zbekiston hududlarida ochilgan Monomarkazlar faoliyatiga alohida urg‘u berildi.
"Russkiye pryanniki" MChJ mutasaddilari ayni paytda 30 nafardan ortiq o‘zbekistonliklarni ish bilan ta’minlashga tayyorligini bildirdi. Shuningdek, ularning yashashlari uchun barcha sharoitlar yaratib berilishi ma’lum qilindi.
Mavzuga oid

13:12 / 29.05.2025
Germaniyada hamshira sifatida ishlash uchun nomzodlar qabul qilinmoqda

10:18 / 23.05.2025
O‘zbekistonlik 1500 dan ortiq fuqaro Sloveniyada ish topishi mumkin

00:46 / 06.05.2025
Xitoyda muntazam ravishda ortiqcha ishlab kelgan repetitor o‘z ishxonasida vafot etdi

10:49 / 14.04.2025