Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda yuk mashinasiga urilgan Isuzu yonib ketdi. Qurbonlar bor
Poytaxtning Yangihayot tumanida harakatlanib borayotgan Isuzu yo‘l chetida to‘xtab turgan yuk mashinasi ortiga borib urilgan. YTH oqibatida Isuzu’da yong‘in kelib chiqqan hamda undagi ikki kishi halok bo‘lgan.

Foto: Videodan kadr
Toshkent shahrining Yangihayot tumanida ikki yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Millar dasturida xabar qilindi.
Ma’lum qilinishicha, YTH 8 aprel kuni erta tongda sodir bo‘lgan. O‘sha kuni soat 5:34 da Yangihayot tumani hududida Isuzu mashinasi YTHga uchragani va yong‘in kelib chiqqani haqida Toshkent shahar FVBga xabar kelib tushgan. Soat 5:37 da yong‘in qutqaruv ekipajlari manzilga yetib borgan va yong‘in 5:40 da o‘chirilgan.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, yonayotgan mashinaga hech kim yaqinlasha olmagan. Oqibatda undagi ikki kishi mashina ichida qolib ketib, halok bo‘lgan.
Oldinroq Jizzaxda yuk mashinasi va mikroavtobus to‘qnashishi oqibatida 2 kishi vafot etgani va 13 kishi og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid

10:02 / 26.07.2025
Nurafshon ko‘chasida beton ustunga borib urilgan "Spark" haydovchisi vafot etdi

11:58 / 24.07.2025
Farg‘onada avtomobil daraxtga urilishi oqibatida yo‘lovchi halok bo‘ldi

13:20 / 23.07.2025
Ohangaronda yuk mashinasi YTH joyida ishlayotgan inspektorlar mashinasini urib yubordi

18:33 / 22.07.2025