Yekaterinburgda oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayol va uning farzandlari O‘zbekistonga qaytarildi
Ushbu fuqarolarning shaxsni tasdiqlovchi hujjatlari yaroqsiz holga kelgani sabab vatanga qaytish guvohnomasi hech qanday to‘lovlar undirilmasdan rasmiylashtirilgan.

Foto: dunyo.info
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari tomonidan Yekaterinburg shahrida oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayol va uning voyaga yetmagan farzandlariga amaliy yordam ko‘rsatildi.
Bosh konsulxonadan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, 1 aprel kuni O‘zbekiston fuqarosi M.T. Yekaterinburg shahrida vaqtincha yashayotgan qizi va uning bolalarini turmush o‘rtog‘ining zulmidan ozod qilish hamda doimiy yashash manziliga yetib olishiga amaliy yordam berishni so‘rab murojaat qilgan.
Mazkur oila 2024 yil yanvar oyida Yekaterinburg shahriga ishlash maqsadida kelgan. Oiladagi kelishmovchiliklar, doimiy tazyiq va urush janjal ayolga jiddiy ruhiy ta’sir ko‘rsatgan.
Bosh konsulxona xodimlari ushbu oila yashayotgan xonadonda bo‘lib, mavjud holat bilan yaqindan tanishgan.
Shundan so‘ng ayol va uning bolalari vaqtincha uy-joy bilan ta’minlangan. O‘zbekiston fuqarolarining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari yaroqsiz holga kelgani va moliyaviy qiyin ahvolda qolgani uchun vatanga qaytish guvohnomasi hech qanday to‘lovlar undirilmasdan rasmiylashtirilgan. Shuningdek, Yekaterinburg—Samarqand aviaqatnoviga chipta xarid qilib berilgan.
O‘zbekiston fuqarolari 8 aprel kuni Yekaterinburg shahridagi «Kolsovo» xalqaro aeroportidan Samarqand viloyatiga kuzatib qo‘yilgan.
Mavzuga oid

20:56 / 20.04.2025
Tataristonda og‘ir kasallikka chalingan fuqaro O‘zbekistonga olib kelindi

23:04 / 16.04.2025
Rossiyada ijaraga berilgan kvartiradan to‘rt nafar o‘zbekistonlikning jasadi topildi

17:05 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi

13:29 / 16.04.2025