Central Asian University 2025–2026 o‘quv yili uchun bakalavriat dasturiga hujjatlar qabuli davom etmoqda
2019 yilda tashkil etilgan Central Asian University (CAU) bugungi kunda Markaziy Osiyodagi yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biriga aylangan. Universitetda tibbiyot, muhandislik, biznes, turizm va ta’lim sohalari bo‘yicha ingliz tilidagi zamonaviy hamda xalqaro standartlarga mos dasturlar taqdim etiladi. Ta’lim amaliyotga yo‘naltirilgan bo‘lib, global bozor talablariga javob beradi.

Foto: Central Asian University
Yutuqlar va e’tiroflar
1. AD Scientific Index World 2025 reytingiga ko‘ra, CAU O‘zbekistondagi eng yaxshi yosh universitet sifatida e’tirof etilgan.
2. Universitet olimlaridan biri dunyo bo‘yicha top-10% yetakchi tadqiqotchilar qatoriga kiritilgan.
3. Science and Innovation Awards tanlovida CAU sun’iy intellekt, robototexnika, ekologik texnologiyalar va startaplarni joriy etgani uchun “Yilning eng innovatsion universiteti” deb topilgan.
Xalqaro hamkorlik
CAU Yevropa, AQSh va Osiyodagi yetakchi universitetlar bilan faol hamkorlik qiladi: CBS, HTMI, Colorado State University va boshqalar. Bu esa talabalar uchun almashinuv dasturlari, amaliyotlar hamda xalqaro ilmiy loyihalarda qatnashish imkonini yaratadi. Yuqori GPA ko‘rsatkichiga ega bo‘lgan talabalar xalqaro konferensiya va ko‘rgazmalarda ishtirok etadilar.
Asosiy maktablar va yo‘nalishlar
• Tibbiyot maktabi (Doctor of Medicine, 6 yil)
Xalqaro standartlar asosida olib boriladi. Talabalar birinchi bosqichdayoq AKFA Medline klinikasida klinik rotatsiyalardan o‘tishadi, zamonaviy simulyatsion jihozlar bilan ishlashadi, xorijiy amaliyot va konferensiyalarda ishtirok etishadi. Dastur USMLE imtihonlariga tayyorgarlikni ham o‘z ichiga oladi.
• Stomatologiya maktabi (Doctor of Dental Surgery, 5 yil)
Lazer stomatologiyasi, implantologiya, NBDE va MFDS imtihonlariga tayyorgarlik kabi yo‘nalishlarni qamrab oladi. CAU — Yevropa Stomatologik Ta’lim Assotsiatsiyasi (ADEE) a’zosi bo‘lib, bu talabalar uchun Yevropa tajribasini o‘rganish va almashinuv dasturlarida qatnashish imkonini beradi.
• Biznes maktabi
Yo‘nalishlar: buxgalteriya, moliya, marketing, xalqaro biznes, ELTEM. Ta’lim jarayoni keys-metodlar, simulyatsiyalar, Bloomberg laboratoriyalari va AI Lab orqali olib boriladi. CBS (Germaniya) bilan ikki diplomli dastur mavjud.
• Muhandislik maktabi
Yo‘nalishlar: sanoat va biotibbiy muhandislik, kompyuter fanlari, arxitektura va dizayn. Dasturda AI, Big Data, mashinaviy o‘rganish, kiberxavfsizlik kabi zamonaviy yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratiladi.
• Xalqaro turizm va mehmondo‘stlik maktabi
HTMI (Shveytsariya) bilan ikki diplomli dastur. Talabalar Hilton, Hampton, Wyndham kabi yetakchi mehmonxonalarda amaliyot o‘tashadi. Dastur xalqaro martaba va yuqori darajadagi servisga yo‘naltirilgan.
Kasbiy rivojlanish va talabalar hayoti
CAU karera markazi 100 dan ortiq kompaniyalar bilan hamkorlikda ishlaydi. Talabalar o‘qish davomida stajirovkalardan o‘tish va universitet loyihalarida ishlash imkoniyatiga ega. Muloqot ko‘nikmalari, rezyume yozish va suhbatlarga tayyorgarlik bo‘yicha treninglar muntazam o‘tkaziladi.
Universitetda talabalar Stiv Voznyak, Mey Mask, Robert Kiyosaki, Jimmi Uyeyls, Jordan Piterson kabi dunyo miqyosidagi shaxslar bilan uchrashuvlarda qatnashib, ilhom va yangi bilimlarga ega bo‘lishadi.
Stipendiyalar va grantlar
CAU 10 foizdan 100 foizgacha bo‘lgan keng turdagi stipendiyalarni taklif etadi:
– Merit-Based Scholarship — O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistondan eng yaxshi abituriyentlar uchun;
– Academic Excellence Scholarship — semestr yakunlariga ko‘ra TOP-10 ga kirgan talabalar uchun;
– CAU Excellence Scholarship — xalqaro va mahalliy olimpiadalar g‘oliblari hamda yuqori IELTS/SAT natijalari egalari uchun.
– English Proficiency Scholarship — IELTS 6.5+, TOEFL 79+ bo‘lgan talabalar uchun 10–20 foiz chegirma.
– CAU Pre-Foundation Scholarship — tayyorlov dasturi bitiruvchilari uchun 10 foiz chegirma.
Stipendiyalar birlashtirilishi mumkin — maksimal 100 foizgacha. Talabalar o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari asosida stipendiyalarni keyingi yillarda ham davom ettirish huquqiga ega.
Qabul tartibi
Hujjatlar onlayn tarzda topshiriladi.
Kerakli hujjatlar: pasport nusxasi, attestat yoki diplom, 3,5×4,5 formatdagi fotosurat, IELTS/SAT sertifikati (agar mavjud bo‘lsa).
Qabul komissiyasi bilan aloqa:
Telefon: (+998) 71−200−05−22; (+998) 71−208−12−34
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid

17:00 / 30.07.2024
Central Asian University nemis tili bo‘yicha jahon olimpiadasi sovrindori Rayyona Ibrohimova uchun 100 foiz grant ta’sis etdi

15:00 / 15.06.2024
Central Asian University’dan ikki tomonlama MBA dasturi: Sizning xalqaro muvaffaqiyat sari ravon yo‘lingiz

09:00 / 28.05.2024
Central Asian University tibbiyot fakultetining besh nafar talabasi dunyodagi eng murakkab imtihonlardan biri – USMLE Step 1 sinovini muvaffaqiyatli topshirdi

08:58 / 15.12.2023