Istanbul sobiq meri Imomo‘g‘li prokurorga tahdid qilgani uchun sudlanmoqda
Birinchi sud majlisida hibsga olingan Istanbulning sobiq hokimi Akrom Imomo‘g‘li o‘z aybini tan olmadi. Unga yetti yil-u to‘rt oy qamoq jazosi berilishi mumkin.

Foto: Francisco Seco/AP Photo/picture alliance
11 aprel, juma kuni Istanbul sobiq meri va Turkiya muxolifati vakili, hibsga olingan Akrom Imomo‘g‘li birinchi marta sudga keltirildi. U shahar bosh prokurorini haqorat qilish va unga tahdid qilishda ayblanmoqda. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi. Sobiq mer yetti yil-u to‘rt oyga qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.
Birinchi sud majlisida Imomo‘g‘li o‘z aybini rad etib, unga qarshi barcha da’volar siyosiy sabablarga ko‘ra ekanligini qo‘shimcha qildi. «Men Istanbulda uchta saylovda g‘alaba qozonganim uchun shu yerdaman. Men 86 million (turk) xalqining qalbidagi prezident bo‘lganim uchun shu yerdaman», — dedi u. Ish bo‘yicha navbatdagi sud majlisi 16 iyunga belgilangan.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning asosiy siyosiy raqibi hisoblangan Akrom Imomo‘g‘li 19 mart kuni poraxo‘rlik va jinoiy tashkilot yuritishda gumonlanib hibsga olingan edi. Turkiyaning davlatga qarashli Anadolu agentligi xabar berishicha, siyosatchi terrorchilikda ayblanib, tergov qilinmoqda. Xususan, u Turkiyada taqiqlangan Kurdiston ishchilar partiyasini qo‘llab-quvvatlaganlikda ayblanmoqda.
23 mart kuni ertalab Imomo‘g‘li sud qarori bilan hibsga olingan. Shu kuni Respublika xalq partiyasi Imomo‘g‘lini Turkiya prezidentligiga nomzod qilib ko‘rsatdi. Praymerizlar davomida uning nomzodini 13,2 million fuqaro qo‘llab-quvvatladi — bu ro‘yxatga kiritilgan barcha saylovchilarning qariyb 20 foizi.
Imomo‘g‘lining ta’qib qilinishi Turkiyada 2013 yildan beri eng yirik norozilik to‘lqiniga sabab bo‘ldi, deb xabar beradi AFP. Reuters xabariga ko‘ra, sobiq mer hibsga olinganidan keyingi 10 kun ichida butun mamlakat bo‘ylab uni qo‘llab-quvvatlovchi 220 ga yaqin namoyishlar bo‘lib o‘tgan.
Mavzuga oid

17:25 / 24.04.2025
Istanbuldagi zilzilada kuchli qo‘rquv tufayli O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi

13:30 / 24.04.2025
90 foiz uylar vayron bo‘lgan G‘azo, Kashmirdagi teraktda ayblanayotgan Pokiston va barbod bo‘lgan London muzokaralari - kun dayjesti

21:05 / 23.04.2025
Erdo‘g‘an: AFAD va SSV bo‘linmalari jangovar shay holatga keltirildi

18:48 / 23.04.2025