Estoniyada harbiylarning shuhbali kemalarga hujum qilishiga ruxsat beruvchi qonun tasdiqlandi
Endilikda eston harbiylari mamlakatning mudofaa obektlari, port va boshqa inshootlariga tahdid uyg‘otadigan kemalarga nisbatan «kuch ishlatishi» mumkin bo‘ladi.

Foto: Getty images
Estoniya prezidenti Alar Karis harbiylarga respublikaning muhim infratuzilmalari uchun tahdid uyg‘otadigan fuqarolik kemalariga hujum qilish huquqini beruvchi tuzatishlarni tasdiqladi, deb xabar beradi ERR. Mamlakat parlamenti bu boradagi qonunchilik tashabbusini 11 aprelda qabul qilgandi.
Qayd etilishicha, Mudofaa kuchlarini tashkil etish va iqtisodiy zona to‘g‘risidagi qonunlarga o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Unga ko‘ra, eston harbiylari mamlakatning mudofaa obektlari, port va boshqa inshootlariga tahdid uyg‘otadigan kemalarga nisbatan «kuch ishlatishi» mumkin bo‘ladi.
Dengiz kollegiyasi raisi va RF prezidentining maslahatchisi Nikolay Patrushev Estoniyaning Boltiq dengizida shubhali savdo kemalariga hujum qilishga ruxsat berish qarorini jirkanch deb atadi.
Avvalroq Estoniya mudofaa kuchlari Rossiyaga ketayotgan Kiwala tankerini qo‘lga olgandi. Mamlakat harbiy-dengiz kuchlari qo‘mondoni Ivo Vyarkning aytishicha, qo‘lga olishdan maqsad kemaning hujjatlari va huquqiy holatini tekshirish. Marinetraffic xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, u Jibuti bayrog‘i ostida harakatlangan.
Mavzuga oid

20:46 / 27.05.2025
Boltiq dengizida Rossiya flotining o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi. Unda 20 ta jangovar kema va 3 ming harbiy ishtirok etmoqda

13:17 / 19.05.2025
Estoniya Rossiyani neft tankerini qo‘lga olganlikda aybladi

15:19 / 16.05.2025
Estoniya Rossiyani mamlakat havo hududini buzganlikda aybladi

21:39 / 28.04.2025