O‘zbekiston | 17:00 / 15.04.2025
1602
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

“Biznesni rivojlantirish banki”da 174 ta jarayonning 104 tasi to‘liq raqamlashtirilgan

Foto: Biznesni rivojlantirish banki

Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tkazilgan brifingda bank  Axborot xizmati rahbari Shuhrat Oripov xabar berdi.

Brifingda “Biznesni rivojlantirish banki” ATB yaqin kelajakda o‘z oldiga mamlakatdagi eng ilg‘or zamonaviy innovatsion bank bo‘lishni maqsad qilib qo‘ygani ta’kidlandi.

Bankning 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan Strategiyasida belgilangan 250 ta tashabbusning qariyb 72 tasi bevosita axborot texnologiyalari va raqamlashtirishga doir tashabbuslar  hisoblanadi.

Bankda jismoniy shaxslar uchun, ya’ni chakana bank xizmatlari bo‘yicha jami 53 ta jarayon mavjud bo‘lib, ulardan 44 tasi raqamlashtirilgan. Bu yo‘nalishdagi  raqamlashtirish darajasi 83 foizni tashkil qiladi.

Ayni vaqtda yuridik shaxslar uchun, ya’ni korporativ bank xizmatlari bo‘yicha mavjud 40 ta jarayonni raqamlashtirish bo‘yicha faol chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. "Biznesni rivojlantirish banki"dagi ichki jarayonlar bo‘yicha 44 ta jarayonning 27 tasi raqamlashtirilgan. Bu esa 61 foiz raqamlashtirish darajasini ko‘rsatmoqda.

Shuningdek, Bank xizmatlari ofislari va Bank xizmatlari markazlari yo‘nalishlarida jami 37 ta jarayon mavjud bo‘lib, ulardan 20 tasi raqamlashtirilgan.

O‘tgan davrda “Sbertex” misolida bankning “BRB-Tech” IT-markazi tashkil etildi.

Xalqaro standartlarga mos kredit konveyeri – anderrayting, skoring tizimlari yaratildi.

Yangi brendga mos ravishda “Biznesni rivojlantirish banki”ning mobil ilovasi  rebrending qilindi.

Hozirda 490 mingdan ortiq jismoniy shaxslar bank mobil ilovasining  foydalanuvchilari hisoblanadi. Bank tomonidan masofaviy xizmatlar joriy qilinishi mijozlarning vaqtini  tejashga va qo‘shimcha qulayliklar yaratishga xizmat qilmoqda.

Bir so‘z bilan aytganda, “Biznesni rivojlantirish banki” raqamlashtirish, zamonaviy va qulay onlayn xizmatlarni joriy etish orqali kuchli raqobat muhitiga ega O‘zbekiston moliya bozorida mustahkam o‘rin egallashga  intilmoqda.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid