Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tashqi ishlar vaziriga xorijdagi o‘zbekistonliklarning himoyasi borasida parlament so‘rovi yuborildi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovga xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarining qonuniy manfaatlari himoya qilinishi borasida parlament so‘rovi yubordi.

Baxtiyor Saidov / Foto: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
TIV rahbaridan O‘zbekiston fuqarolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida ma’lumot berish so‘ralgan.
Bu haqda deputat Alisher Qodirov xabar berdi. U yuborilgan so‘rov aynan biror bir holat yuzasidanmi yoki fuqarolarning umumiy holati bo‘yichami, oydinlik kiritmagan.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Qirg‘iziston Rossiyadan o‘z fuqarolari tahqirlangani yuzasidan izoh talab qilgan edi. Rossiya elchisi Sergey Vakunov Qirg‘iziston TIVga chaqirtirilib, 11 aprel kuni Moskvadagi «Bodrost» hammomida Qirg‘iziston fuqarolariga qarshi o‘tkazilgan reyd yuzasidan tushuntirish berishni so‘rab, rasmiy nota topshirilgan.
Mavzuga oid

08:08 / 22.07.2025
Xitoy yuqori texnologiyalarini O‘zbekistonga jalb qilish rejalashtirilyapti

12:15 / 18.07.2025
Baxtiyor Saidov Kobulda Afg‘oniston bosh vaziri vazifasini bajaruvchi bilan uchrashdi

16:22 / 10.07.2025
Alisher Qodirov ishlab chiqarilganiga 25-30 yildan oshgan mashinalarni iste’moldan chiqarishga chaqirdi

19:46 / 07.07.2025