Tashqi ishlar vazirligi xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarini doimo himoya qilib kelgan - TIV vakili
Qonunchilik palatasi tashqi ishlar vaziriga xorijdagi o‘zbekistonliklar himoyasi borasida parlament so‘rovi yubordi. TIV matbuot kotibi Ahror Burhonov barcha murojaat va so‘rovlarga vazirlik tomonidan o‘z vaqtida javoblar taqdim etilishini ma’lum qildi.

Foto: TIV
Tashqi ishlar vazirligi xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarini ular qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, doimo himoya qilib kelgan va bu faoliyati ustuvor bo‘lib qoladi. Bu haqda TIV matbuot xizmati rahbari Ahror Burhonov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, mazkur yo‘nalishda O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xorijiy davlatlarning tegishli idoralari bilan bevosita aloqalar o‘rnatgan.
Har bir holat atroflicha o‘rganilib, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash maqsadida zarur choralar ko‘riladi.
«Tashqi ishlar vazirligi har oylik brifinglari orqali amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan jamoatchilikni muntazam xabardor qilib kelmoqda. Albatta, ushbu sohadagi barcha murojaat va so‘rovlarga vazirlik tomonidan o‘z vaqtida javoblar taqdim etiladi», — deb yozadi TIV vakili o‘zining Telegram kanaliga.
Avvalroq Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Milliy tiklanish siyosiy partiyasi raisi Alisher Qodirov tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovga xorijdagi o‘zbekistonliklarning himoyasi borasida parlament so‘rovi yuborilganini ma’lum qilgandi.
Mavzuga oid

16:51 / 07.06.2025
Hindiston va Markaziy Osiyo davlatlari foydali qazilmalarini birgalikda izlashga kelishib oldi

11:30 / 26.05.2025
Samarqand Islom dunyosining madaniyat poytaxtiga aylanadi

13:24 / 05.05.2025
Moskvada O‘zbekiston va Rossiya siyosiy maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi

14:58 / 03.05.2025