Afg‘onistondagi zilzila kuchi O‘zbekiston hududlarida sezildi
Afg‘onistonda 6,3 magnitudali zilzila kuzatildi. O‘zbekistonda uning kuchi 3-4 ballni tashkil qildi.
16 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 04:14 da Afg‘onistonning Tahor hududida zilzila sodir bo‘ldi.
Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabariga ko‘ra, episentrda sezilish kuchi 4 ballni tashkil etgan.
Zilzila episentri Toshkentdan 570 km janubi-sharqda, magnituda: 6,3. Chuqurligi: 100 km.
Yer silkinishining O‘zbekiston bo‘ylab sezilishi:
- Surxondaryo viloyatida 4 ball, 295 km;
- Farg‘ona viloyatida 3 ball, 480 km;
- Samarqand viloyatida 3 ball, 484 km;
- Jizzax viloyatida 3 ball, 485 km;
- Sirdaryo viloyatida 3 ball, 495 km;
- Qashqadaryo viloyatida 3 ball, 497 km;
- Andijon viloyatida 3 ball, 539 km;
- Namangan viloyatida 3 ball, 545 km;
- Toshkent shahrida 3 ball, 570 km.
Mavzuga oid

16:48 / 05.06.2025
O‘zbekiston Afg‘onistonga 183 tonna insonparvarlik yordami yubordi

13:21 / 04.06.2025
O‘zbekiston Afg‘onistonda dori ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi mumkin

12:12 / 03.06.2025
«Vaqti-soati kelganda tan olamiz» – Komilov O‘zbekiston «Tolibon»ni xalqaro hamjamiyat bilan birga tan olishini aytdi

18:54 / 01.06.2025