Jamiyat | 08:26 / 16.04.2025
21201
1 daqiqa o‘qiladi

Namanganda 16 yoshli qiz boshqaruvidagi Spark kanalga tushib ketdi

Hodisa oqibatida qizning onasi va singlisi vafot etgan. 

Foto: IIB YHXB

23 mart kuni Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro o‘zining boshqaruvidagi Spark avtomashinasini 16 yoshli qizga topshirgan. 

Viloyat IIB YHXB ma’lum qilishicha, mashinaga haydovchining o‘rniga qizi, old o‘rindiqqa esa mashina egasi o‘tirgan. Mashinaning orqa o‘rindig‘ida esa qizning onasi va 10 yoshli singlisi bo‘lgan. 

16 yoshli qiz avtomashinani ichki yo‘lda boshqarib ketayotib, yo‘lning xavfli burilish qismida o‘ng tomonga burilayotgan vaqtda boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning o‘n tomonidan oqib o‘tuvchi Andijon kanaliga tushib ketgan.

Hodisa oqibatida qizning onasi va singlisi nafas yo‘liga suv tiqilishi tufayli vafot etgan. Haydovchi qiz va uning otasi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Mavzuga oid