Olotda 10 yoshli qiz eski quduqqa tushib ketib vafot etdi
Hodisa qizaloq maktabdan qaytayotganda ta’lim maskani atrofidagi hovlilardan birida sodir bo‘lgan. Uni qutqarish uchun yetib borgan maktab qorovuli ham koma holatiga tushib qolgan.

Foto: Kun.uz
Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatining Olot tumanida maktab o‘quvchisi hojatxona qudug‘iga tushib ketib, vafot etgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Kun.uz holatga oydinlik kiritdi.
Olot tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi rahbari To‘xtajon Qutliyevning Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, hodisa 15 aprel kuni maktab atrofidagi hovlilardan birida sodir bo‘lgan.
Tumandagi 28-umumta’lim maktabining 3-sinfida o‘qiydigan qiz dugonalari bilan ta’lim maskani yonidagi do‘kon egasining hovlisiga kirishgan. O‘sha yerda o‘quvchi ishlatilmaydigan eski suv qudug‘iga tushib ketgan.
“Qizaloqning yonidagi dugonalari maktabga xabar bergan. Maktab qorovuli yetib borib, o‘quvchini quduqdan olib chiqqan. Ammo qo‘rquvdanmi o‘zi ham koma holatiga tushib qolgan. Hozir xabar oldim, komadan chiqayotganini aytishdi. Qorovulni maktab direktori va boshqalar quduqdan tortib olishgan.
Qizni mashinada shifoxonaga jo‘natishgan. U yo‘lda yoki shifoxonaga borgach vafot etgan. O‘quvchining uyi ham maktab yonida bo‘lgan”, deydi To‘xtajon Qutliyev.
Hodisa joyiga tuman hokimi, FVB rahbari va boshqa mas’ullar yetib borgan.
Mavzuga oid

09:41 / 22.03.2025
40 metrli quduq tubida qolib ketgan fuqaro qutqarildi

18:20 / 15.01.2025
Qashqadaryoda kanalizatsiya qudug‘idan chiqa olmagan «Suvoqova» xodimlari qutqarildi

18:48 / 27.12.2024
Toshkent viloyatida quduqqa tushib ketgan fuqaro qutqarildi

07:31 / 15.09.2023