OpenAI kompaniyasi o‘z ijtimoiy tarmog‘ini yaratish ustida ish olib bormoqda
Manbalarga ko‘ra, ushbu ijtimoiy tarmoq xuddi Twitter kabi bo‘ladi. U orqali to‘plangan ma’lumotlar ChatGPT imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Foto: Inside Telecom
ChatGPT chatbotini taqdim etgan OpenAI kompaniyasi Twitterʼga o‘xshash o‘zining ijtimoiy tarmog‘ini yaratish ustida ish olib bormoqda. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib, The Verge xabar berdi.
Qayd etilishicha, loyiha hozircha dastlabki bosqichda, ammo uning ichki prototipi allaqachon mavjud. OpenAI bosh direktori Sem Altman kompaniyaga aloqador bo‘lmagan shaxslardan loyiha bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishlarini so‘ragan.
Ijtimoiy tarmoq alohida ilova sifatida chiqariladimi yoki ChatGPT bilan integratsiya qilinadimi — bu hozircha noma’lum.
Nashrning yozishicha, ijtimoiy tarmoqqa ega bo‘lish OpenAI’ga real vaqtda ma’lumotlar to‘plash imkonini beradi. Bu esa o‘z navbatida ChatGPT imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi — Meta Facebookʼdagi kontentlar yordamida LLaMA modelini, Ilon Mask esa Grok’ni X ijtimoiy tarmog‘i (sobiq Twitter) orqali shu usulda ma’lumotlar bilan boyitmoqda.
Ma’lumot uchun, OpenAI 2015 yilda tashkil etilgan. U vaqtda kompaniyaning ikki raisi bor edi — Ilon Mask va Sem Altman. Kompaniya «sun’iy intellekt sohasida notijoriy va insoniyatga foyda keltiradigan tadqiqotlar bilan shug‘ullanishi» belgilangan. Ammo 2018 yilda Mask kompaniya tijoriy faoliyatga o‘tganidan norozi bo‘lib, kompaniyani tark etgan.
Mavzuga oid

22:14 / 24.04.2025
Amerikalik ayol ChatGPT yordamida o‘zida saraton borligini aniqladi

18:53 / 15.04.2025
OpenAI sun’iy intellektning GPT‑4.1 bayroqdor modelini taqdim etdi

18:28 / 10.04.2025
OpenAI Ilon Maskning «doimiy bosimlari» sabab sudga da’vo kiritdi

12:33 / 09.04.2025