Rossiya va Ukraina bir-biriga dronlar bilan hujum qildi
Rossiya armiyasi 16 aprelga o‘tar kechasi Ukraina viloyatlariga uchuvchisiz uchoqlardan zarbalar berdi. Odessadagi turar joy binosida vayronalar va yong‘inlar qayd etildi. Ukraina qurolli kuchlari ham Rossiya hududiga uchuvchisiz uchoqlarni uchirdi.

Foto: Ukraina Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha davlat xizmati
Rossiya va Ukraina armiyalari 16 aprel, chorshanbaga o‘tar kechasi uchuvchisiz uchoqlar bilan bir-birining hududlariga hujum qildi. Ukraina harbiy-havo kuchlari ma’lumotlariga ko‘ra, 16 aprelga o‘tar kechasi Rossiyaning uchuvchisiz uchoqlari Odessa, shuningdek, Kiyev, Poltava va Sumi viloyatlari tomon yo‘l olgan.
Ayni paytda eng katta vayronagarchilik Odessada qayd etilgan. Mahalliy hududiy harbiy ma’muriyat rahbari Oleg Kiper Telegramʼda turar joy binosidagi yong‘in va fuqarolik infratuzilmasiga yetkazilgan zarar haqida ma’lum qildi. Odessa meri Gennadiy Truxanov turar joy binolari va omborlarga yetkazilgan zarar haqida yozgan.
Truxanovning so‘zlariga ko‘ra, qurbonlar yo‘q. Ukraina Favqulodda vaziyatlar xizmati uch kishi jarohat olganini ma’lum qildi.
Poltava viloyati ma’muriyati uchuvchisiz uchoq hujumi oqibatida elektr uzatish liniyalariga zarar yetkazilganini ma’lum qildi. Ikkita aholi punkti elektr energiyasiz qoldi.
Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, bir kecha-kunduzda Belgorod, Voronej, Kursk, Lipetsk, Moskva viloyatlari, shuningdek, Qrim ustida Ukrainaning jami 26 ta uchuvchisiz uchoqlari urib tushirilgan. Mahalliy hukumat bu hududlarda vayronagarchilik va qurbonlar haqida xabar bermadi.
Mavzuga oid

21:23 / 24.04.2025
Zelenskiy Trampga Rossiya-Ukraina urushini tugatish bo‘yicha yangi takliflar yuborilganini ma’lum qildi

15:26 / 24.04.2025
Rossiya qo‘shini Kiyevga raketa zarbasi yo‘lladi. Qurbonlar bor, o‘nlab kishilar yaralangan

15:09 / 24.04.2025
General Popov 5 yilga qamaldi

13:30 / 24.04.2025