Texnomart va ETTB: taraqqiyot va transformatsiyaning yangi ufqlari
O‘zbekistonning yirik elektronika chakana savdo tarmoqlaridan biri bo‘lgan Texnomart Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB) bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik tufayli rivojlanishning yangi bosqichi boshlanganligini e’lon qildi. ETTBning texnik ko‘magi bilan Texnomart kompaniyasi biznesni samarali boshqarish uchun zamonaviy yechimlarni faol ravishda joriy etib kelmoqda.

Foto: Texnomart
Ushbu o‘zgarishlar shaffoflikni oshirish, xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, operatsion jarayonlarni tezlashtirish hamda chakana savdo tarmog‘i va onlayn savdoda mijozlar uchun eng qulay tajribani yaratishga qaratilgan. Texnomart xaridor bilan o‘zaro munosabatlarning har bir bosqichi dunyodagi eng ilg‘or amaliyotlarga mos kelishini ta’minlashga intiladi.
Bugungi kunda Texnomart O‘zbekistonning 19 ta shahrini qamrab olgan holda 36 ta do‘kon va 2 ta firma brend do‘konini boshqarmoqda. Keng tarmoqli tizimi va hududlardagi strategik ishtiroki tufayli kompaniya mamlakatimiz chakana savdosi rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shib kelmoqda.
Asosiy e’tibor onlayn yo‘nalishga qaratilib, onlayn do‘konlar tarmog‘i kengaytirilmoqda va xarid jarayonini soddalashtiruvchi raqamli yechimlar joriy etilmoqda. Ekologik texnologiyalarni targ‘ib qilish doirasida, assortimentda energiya tejovchi texnikalar sonini ko‘paytirish maqsad qilingan.
Kompaniyaning vazifasi jahon brendlaridan zamonaviy texnikalarning keng tanlovi, qulay xarid shartlari va yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatishni ta’minlash orqali O‘zbekistonning har bir fuqarosining hayot sifatini yaxshilashdir.
Texnomart oddiy do‘kon bo‘lishdan ko‘ra, kundalik hayotda ishonchli hamkorga aylanishga intiladi va insonlarga texnologik taraqqiyot bilan hamqadam bo‘lishlarida o‘z yordamini ayamaydi.
Qo‘shimcha ma’lumot: Veb-sayt | Instagram | Telegram
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid

17:00 / 12.04.2025
Texnomart GUM filialida Samsung kompaniyasining SmartThings zonasi ochilishi: aqlli uy haqiqatga aylanmoqda!

14:52 / 02.08.2023
Tenge Bank “Texnomart’da to‘lov uchun keshbek” aksiyasini ishga tushiradi

19:43 / 17.07.2023
Texnika xaridi uchun - Damas sovg‘a!

15:03 / 15.03.2023