Toshkentda “Yashil iqtisodiyot” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi
15 aprel kuni “O‘zsanoatqurilishbank” ATB va Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti hamkorligida “Yashil iqtisodiyotga o‘tish: muammolar va istiqbollar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasida 2025 yil — Atrof-muhitni muhofaza qilish va yashil iqtisodiyot yili deb e’lon qilingan Davlat dasturi doirasida tashkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi — barqaror iqtisodiy rivojlanish masalalari bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganish, dolzarb yechimlarni muhokama qilish va professional muloqot maydoni yaratishdan iborat bo‘ldi.
Konferensiyada dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan ekspertlar, moliyaviy tashkilotlar va tadqiqot markazlari vakillari ishtirok etdi. Ishtirokchilar orasida Jahon banki, Osiyo va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banklari, Fransiyaning Taraqqiyot agentligi (AFD), Yashil o‘sish bo‘yicha Global institut (GGGI), shuningdek, xalqaro reyting agentligi Fitch Ratings, xalqaro audit va konsalting kompaniyasi PricewaterhouseCoopers (PwC) hamda sifat va xavfsizlik standartlarini baholash bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi Bureau Veritas kompaniyasi kabi tashkilotlar ham ishtirok etdi.
Konferensiya doirasida iqlim va yashil moliya, aylanma iqtisodiyot, qayta tiklanuvchi energetika kabi masalalar bilan birga, korporativ ijtimoiy javobgarlik, atrof-muhitga ta’sirni baholash, ishlab chiqarishda shaffoflik va mas’uliyatni ta’minlashga qaratilgan xalqaro tamoyillar (ESG) to‘g‘risida ham fikr almashildi. Shuningdek, mahsulot va xizmatlarning sifat, xavfsizlik hamda ekologik talablarga muvofiqligini tasdiqlaydigan (ISO) tizimi doirasidagi standartlarni joriy etish borasida xalqaro tajribalar taqdim etildi.
Mavzuga oid

13:44 / 23.09.2024
Qaynota, kursdosh va boshqa yaqinlar: 150 milliardlik zarar hisoblangan jinoyatda Aziz Voitov nimalarda ayblanyapti?

10:00 / 18.01.2024
O‘zsanoatqurilishbank va Singapur menejmentni rivojlantirish instituti o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi

14:55 / 01.08.2023