Tesla aksiyalari xavotirli ko‘rsatkichgacha pasaydi
Aksiyalar narxi yanada tushib ketish tahdidi ostida qoldi.

Foto: AFP
Amerikaning Tesla kompaniyasi aksiyalari «o‘lim xochi» deb nomlanuvchi xavotirli ko‘rsatkichga yetdi, bu esa narxning yanada pasayishini anglatadi.
Gizmodo xabariga ko‘ra, bu aksiyaning 50 kunlik harakatlanuvchi o‘rtacha ko‘rsatkichi (taxminan $289) 200 kunlik o‘rtacha ko‘rsatkichdan (taxminan $291) pastga tushganda sodir bo‘ldi. Bu holat Tesla aksiyalarida 2022 yil may oyidan beri kuzatilmagan edi.
Tramp ma’muriyatining yangi tariflari va kompaniya bosh direktori Ilon Mask xatti-harakatlariga qarshi noroziliklar tufayli bozorda yuz bergan beqarorlik aksiyalar narxiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Jumladan, Tesla aksiyalari 2025 yil boshidan beri o‘z qiymatining uchdan biridan ko‘prog‘ini yo‘qotdi.
Ta’kidlanishicha, federal hukumat islohotlarida faol ishtirok etayotgan Mask ba’zi investorlarni g‘azablantirdi. Oq uy oldidagi Cybertruck reklamasi kabi qisqa muddatli muvaffaqiyatlarga qaramay, Tesla obro‘siga putur yetdi.
«O‘lim xochi» Tesla uchun noyob emas: S&P 500 va Nasdaq 100 indekslari ham bozorning umumiy o‘zgaruvchanligini aks ettiruvchi ushbu ko‘rsatkichni qayd etdi. Mutaxassislarning ogohlantirishicha, indikator har doim halokatni anglatmaydi, lekin ehtiyotkorlik talab qiladi.
Mavzuga oid

10:32 / 23.04.2025
Mask Tesla savdolari pasaygani tufayli DOGE'dagi faoliyatini qisqartiradi

12:18 / 22.04.2025
Tramp Markaziy bank rahbarini tanqid qilgach, AQSh fond bozori quladi

15:58 / 18.04.2025
Toshkentda erkak o‘zaro kelishmovchilik ortidan tanishining Teslaʼsini yoqib yubordi

20:41 / 14.04.2025