Noyob tarixiy boyliklarni xorijga olib chiqmoqchi bo‘lgan shaxs to‘xtatildi
Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Sariosiyo” chegara bojxona posti orqali qo‘shni davlatga yo‘l olgan xorij fuqarosi belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi.

Foto: Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi
Viloyat bojxona boshqarmasi ma’lum qilishicha, tekshiruv jarayonida uning qo‘l yuklari orasida deklaratsiyalanmagan va bojxona xodimiga ma’lum qilinmagan XVIII asrga tegishli 1 dona qadimiy haykalcha hamda 1 dona qadimiy obdasta borligi aniqlandi.
Shuningdek, “Termiz aeroport” chegara bojxona posti orqali xorijga uchib ketayotgan fuqaroning qo‘l yuklari ichidan 1 dona sarg‘ish-qizg‘ish rangdagi, yuzasida tasvir va lotin tilidagi yozuvlar mavjud bo‘lgan, XIX asrga oid tanga borligi aniqlandi.
Hozirda ashyoviy dalillar Termiz arxeologiya muzeyiga topshirilgan bo‘lib, holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq, 50 yil muqaddam va undan ham oldinroq yaratilgan madaniy boyliklar mamlakatdan olib chiqib ketilmaydi.
Mavzuga oid

10:48 / 03.04.2025
O‘zbekistonda boylarni soliqqa tortishning alohida tizimini joriy etish rejalashtirilyapti

14:29 / 05.03.2025
Xitoyda Buyuk Xitoy devoridan ham qadimiyroq devor topildi

19:11 / 23.08.2024
Qozog‘istonda 10 million dollarlik «tushunarsiz boylik» davlatga qaytarildi

20:41 / 12.06.2024