O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi KXDRni yirik hisobda yengib, Osiyo Kubogi finaliga chiqdi

Foto: UFA
Saudiyada o‘tayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo Kubogi yarimfinalida O‘zbekiston KXDR darvozasiga javobsiz 3 ta to‘p kiritdi.
Shu tariqa Islom Ismoilov shogirdlari 20 aprel kungi finalda mezbonlarga qarshi maydonga tushadi.
O‘zbekiston va Saudiya guruhda ham o‘zaro to‘qnash kelgan hamda mehmonlar 3:0 hisobida zafar quchgandi.
Osiyo Kubogi U-17. Yarimfinal O‘zbekiston — KXDR 3:0
Gollar: Sadriddin Hasanov (31), Jamshid Rustamov (62), Abubakr Shukurullayev (65).
O‘zbekiston — Ne’matulloh Rustamjonov, Muhammad Hakimov, Mo‘minxon Bahodirxonov, Miraziz Abdukarimov, Sadriddin Hasanov, Muhammad Habibullayev (Azizbek Abdumo‘minov, 77), Sayfiddin Sodiqov (Jamshid Rustamov, 46), Muhammadali Musoxonov, Abubakr Shukurullayev (Farid Abdullayev, 77), Azizbek Erimbetov, Asilbek Aliyev (Nurbek Sarsenbayev, 61).
Chetlatish: Kang Myon Bom (41).
Mavzuga oid

00:18 / 14.04.2025
Osiyo Kubogi U-17. O‘zbekiston BAAni mag‘lub etib, yarimfinalga yo‘l oldi

00:22 / 10.04.2025
O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi Saudiya Arabistoni ustidan yirik g‘alabaga erishdi

17:37 / 20.03.2024
O‘zbekiston U17 jamoasi yetakchisi Ispaniya klubiga o‘tishi mumkin

15:34 / 25.11.2023