Sirdaryoda bir necha o‘g‘rilik sodir etgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Avtomobil ehtiyot qismlari do‘konlarini o‘marish bilan shug‘ullangan.
Sirdaryo viloyati, Oqoltin tumanida bir necha bor o‘g‘rilik jinoyatini sodir etgan jinoiy guruh qo‘lga olindi. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB xabar berdi.
Qayd qilinishicha, Sirdaryo tumanida yashovchi fuqaro tanishi bilan til biriktirib, 27 fevral kuni Oqoltin tumanida joylashgan kompyuter qismlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi do‘konga yashirincha kirib, 51 mln 160 ming so‘mlik tovarlarni o‘g‘irlab ketgan. So‘ngra ushbu buyumlarni arzon narx evaziga sotib yuborgan.
Shuningdek, ular 13 mart kuni Oqoltin tumanidagi boshqa kompyuter qismlari do‘koniga yashirincha kirib, 43 mln 90 ming so‘mlik tovarlarni o‘g‘irlab, o‘z tanishlariga sotib yuborgan.
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari jarayonida mazkur jinoyatni sodir etgan shaxslar qo‘lga olingan. Hozir tergovga qadar tekshiruv davom etmoqda.
Mavzuga oid

11:15 / 05.06.2025
Vengriya Sirdaryoda parrandachilik klasterini barpo etadi

00:08 / 04.06.2025
Toshkentga 361 kg eshak go‘shtini olib ketayotgan Lacetti to‘xtatib qolindi

16:47 / 02.06.2025
Tojikiston, O‘zbekiston va Qozog‘iston «Bahri Tojik» suv omboridan birgalikda foydalanadi

07:53 / 30.05.2025