O‘zbekiston Axborot kodeksini qabul qilish rejalashtirilmoqda

Foto: Kun.uz
O‘zbekiston Axborot kodeksini qabul qilish mo‘ljallanmoqda. Bu inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekistonning 2030 yilgacha bo‘lgan milliy strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”da belgilangan.
Loyihada:
- insonning axborot tarqatish va axborot olishga doir huquq hamda erkinliklariga tegishli tushuncha va normalarni tizimlashtirish;
- raqamli axborot makonida inson huquq va erkinliklari buzilishida huquqiy himoyani kuchaytirish ko‘zda tutilgan.
Qayd etilishicha, kodeks qabul qilinishi bilan insonning axborot olish, undan foydalanishga oid huquqlarini, ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlashga oid qonunchilik tizimlashtiriladi va takomillashadi.
Saylov jarayonlarining shaffofligini ta’minlash uchun zamonaviy raqamli texnologiyalar joriy etiladi.
Saylovchilar ro‘yxatini elektron tarzda shakllantirish va ochiq monitoring tizimini takomillashtirish mo‘ljallangan.
E-saylov axborot tizimini modernizatsiya qilish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.
Mavzuga oid

11:39 / 18.04.2025
Gurjiston chet elliklarni chiqarib yuborish tartibini soddalashtiradi

18:01 / 11.04.2025
“Oqibatlari og‘ir bo‘ladi” - Alisher Qodirov internetdagi “axborot loyihalari” haqida

14:55 / 15.11.2024
DXX raisi O‘zbekistondagi muhim axborot infratuzilmalarini toifalashga doir buyruq chiqardi

09:57 / 15.06.2024