O‘zbekiston va Janubiy Koreya viza talablarini soddalashtirish masalasini muhokama qilmoqda
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Olim Abdullayev Koreya Respublikasi elchisi Von Do Yon bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: Dunyo
TIV ma’lumotiga ko‘ra, muzokaralar chog‘ida mehnat migratsiyasi va O‘zbekiston fuqarolari uchun viza tartib-taomillarini soddalashtirish sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikning asosiy jihatlari muhokama qilindi.
Kun tartibidagi asosiy mavzular Janubiy Koreya mehnat bozori uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, shuningdek, qo‘shma o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va ishga jo‘nab ketishdan oldingi tayyorgarlik uchun yangi ta’lim tashabbuslarini yaratish masalalari bo‘ldi.
Viza talablarini soddalashtirish, shu jumladan o‘zbekistonlik mavsumiy ishchilar uchun qulay imkoniyatlar yaratishga alohida e’tibor qaratildi.
Tomonlar Koreya Respublikasida mehnat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida ushbu yo‘nalishdagi ishlarni davom ettirishga kelishib oldilar.
Mavzuga oid

14:21 / 07.06.2025
O‘zbekiston va Yaponiya vizani liberallashtirish masalasini o‘rganmoqda

13:09 / 04.06.2025
Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreyaning yangi prezidenti Li Chje Myonni tabrikladi

00:03 / 04.06.2025
Janubiy Koreyaning yangi prezidenti saylandi

20:41 / 03.06.2025