Reuters: Eron AQSh bilan yangi yadroviy kelishuv uchun kafolatlar olishni istayapti
Tehron yon berishga tayyor, ammo Vashington talab qilganidek, uranni boyitishdan butunlay voz kechmaydi. Eron yadro dasturi bo‘yicha AQSh bilan muzokaralarning yangi bosqichi oldidan Eron Tashqi ishlar vazirligi rahbari Moskvaga tashrif buyurdi.

Foto: Iran's Ministry of Foreign Affairs/AFP
Eron AQSh bilan potensial yangi yadroviy kelishuv kelajakda Vashington tomonidan bir tomonlama ravishda buzilmasligiga kafolat olishni istaydi. Bu haqda 18 aprel, juma kuni Eron hukumatining yuqori martabali mulozimiga tayanib, Reuters agentligi xabar berdi. Uning eslatishicha, 2018 yilda Qo‘shma Shtatlar uch yil avval tuzilgan avvalgi shunga o‘xshash kelishuvni bekor qilgan edi.
Xuddi shu manbaning Reuters agentligiga aytishicha, Tehron Vashington bilan muzokaralarda Eron oliy rahbari oyatulloh Ali Xomanaiy belgilagan «qizil chiziqlar»dan o‘tishga tayyor emas. Xususan, Eron, rasmiyning so‘zlariga ko‘ra, hech qachon yadroviy texnologiyadan butunlay voz kechishga va o‘zida bo‘lgan boyitilgan uran miqdorini 2015 yilgi kelishuvda belgilangan darajaga tushirishga rozi bo‘lmaydi. Tehron raketa dasturini ham muhokama qilishdan bosh tortmoqda. Shu bilan birga, Eron rahbariyati hali ham qandaydir yon bosishga tayyor, biroq gap aynan nima haqida ketayotgani xabar berilmagan. Buning evaziga u sanksiyalar bekor qilinishini istaydi.
Ayni paytda AQSh prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Stiven Uitkoff yaqinda AQShning Eron bilan kelishuvi Tehron uranni boyitish dasturini butunlay to‘xtatgan taqdirdagina amalga oshishini aytdi. Bu Vashington pozitsiyasining sezilarli darajada qattiqlashishi: Uitkoff avvalroq Eronda ishlab chiqarishni davom ettirish, agar u faqat fuqarolik maqsadlarida va qat’iy xalqaro nazorat ostida amalga oshirilsa, mumkin bo‘lishini bildirgan edi.
Mavzuga oid

20:13
AQSh armiyasida generallar ommaviy ravishda ishdan bo‘shatiladi

18:12
Shveytsariya banki amerikaliklarga soliqdan qochishda yordam bergani uchun 511 mln dollar jarima to‘laydi

15:58
Tirik va sog‘-salomat: AQShda 63 yil avval bedarak yo‘qolgan ayol topildi

21:51 / 05.05.2025