Toshkent va Moskva migratsiya jarayonlarini tartibga solish masalalarini muhokama qildi
O‘zbekiston va Rossiya mehnat muhojirlari uchun migratsiya tartib-taomillari, tibbiy ko‘rik va rus tilidan imtihonlarni Toshkentga ko‘chirish masalalarini muhokama qildi.

Foto: "Dunyo" AA
Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekiston TIV, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi va Rossiyaning mamlakatdagi elchixonasi vakillaridan iborat ikki tomonlama ishchi guruhning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi «Dunyo» AA.
Muloqot davomida Rossiya oliy o‘quv yurtlarining Toshkent shahridagi filiallarida migratsiya tartib-taomillari, tibbiy ko‘riklar va rus tili imtihonlarini O‘zbekistonga o‘tkazish, «Pasport-viza xizmati» davlat unitar korxonasining va «Saxarova» ko‘p tarmoqli migratsiya markazining Toshkent shahridagi vakolatxonalari faoliyatini tiklash masalalari muhokama qilingan.
Shuningdek, til imtihonlarini topshirishga tayyorgarlik ko‘rish markazlarini ochish, rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligi bo‘yicha kurslar tashkil etish, O‘zbekistonda tibbiy ko‘rik va test o‘tkazish uchun ixtisoslashtirilgan tibbiyot klinikasini ochish va boshqalar ham ko‘rib chiqilgan.
Rossiya tomoni O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligining «Pasport-viza xizmati» davlat unitar korxonasining Toshkent shahridagi vakolatxonasi faoliyatini qayta boshlash haqidagi so‘rovini ijobiy ko‘rib chiqishga tayyorligini tasdiqlagan.
Bundan tashqari, yuqorida muhokama qilingan masalalarni 27-30 aprel kunlari Moskva shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan O‘zbekiston-Rossiya idoralararo ishchi guruhi yig‘ilishi kun tartibiga kiritish taklifi qo‘llab-quvvatlangan.
Mavzuga oid

23:58 / 24.04.2025
Qirg‘izistonda RF armiyasiga yollash ishi bo‘yicha rossiyalik polittexnolog hibsga olindi

18:50 / 24.04.2025
«Vladimir, to‘xta!» - Tramp Rossiyaning Kiyevga zarbasi haqida

13:30 / 24.04.2025
90 foiz uylar vayron bo‘lgan G‘azo, Kashmirdagi teraktda ayblanayotgan Pokiston va barbod bo‘lgan London muzokaralari - kun dayjesti

12:43 / 24.04.2025