Xalq bankida “Lider ayollar” dasturi doirasida xalqaro seminar-treninglar o‘tkazildi
17–18 aprel kunlari Xalq banki tashabbusi bilan “Lider ayollar” dasturi doirasida amaliy seminar-treninglar tashkil etildi. Tadbirda mahalliy va xalqaro mutaxassislar – Osiyo taraqqiyot bankining yetakchi mutaxassisi Endryu Makkartni, xalqaro murabbiy Miriam Malka hamda “BMT Ayollar” tuzilmasining O‘zbekiston bo‘yicha menejeri Jyeren Gures Guven singari ekspertlar o‘z bilim va tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.
O‘zbekistonda xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligini oshirish, rahbarlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda ularning turli sohalarda, jumladan moliya sektoridagi ishtirokiga keng imkoniyatlar yaratish maqsadida ko‘rilayotgan choralar bank tomonidan keng targ‘ib qilinmoqda.
Shu maqsadda, Aksiyadorlik tijorat Xalq banki va Osiyo taraqqiyot banki hamkorligida “Lider ayollar” dasturi yo‘lga qo‘yilgan. Loyiha ayollarning kasbiy rivojlanishi, yetakchilik salohiyatini mustahkamlash va strategik qarorlar qabul qilish qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan.
Dastur doirasida bank tizimida faoliyat yuritayotgan 600 nafarga yaqin ayol xodimlar orasida saralangan 55 nafar faol va tashabbuskor ishtirokchi moliya, menejment, shaxsiy rivojlanish va yetakchilik sohalarida chuqurlashtirilgan treninglarga jalb qilindi.
Dastur yakunida bank tizimi uchun istiqbolli rahbar ayollar zaxirasi shakllantiriladi. Ular ayollar tadbirkorligini rivojlantirishga qaratilgan loyihalarda faol ishtirok etishlari ko‘zda tutilgan. Bu esa bank tizimida barqaror va inklyuziv boshqaruv modelini shakllantirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Osiyo taraqqiyot banki Endryu Makkartni sohada ayollarning ishtiroki haqida gapirdi:
“Moliyaviy sohada ayollar ishtiroki muhim. Banklar o‘zlari ayollarga teng imkon yaratib, boshqalarga namuna bo‘lishi kerak.
Tadqiqotlarga ko‘ra, gender tengligi milliy daromadni 29% ga oshiradi va 700 ming ayolni qashshoqlikdan chiqarishi mumkin.
Halq banki bilan boshlayotgan tashabbusimiz ayol rahbarlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Eng katta to‘siq – jamiyatdagi stereotiplar. Ayollar ham rahbar bo‘lishi mumkin, buning uchun teng imkoniyat va muvozanat zarur”.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid

20:43 / 28.02.2025
Qo‘qonda bank xodimlari moddiy yordam va nafaqa pullarini o‘zlashtirib yubordi

11:55 / 14.12.2024
Xalq banki korrupsiyaga qarshi kurashish va shaffoflik bo‘yicha natijalarni e’lon qildi

19:00 / 25.10.2024
“Ba’zi nogironlar to‘rt muchasi sog‘lardan yaxshi ishlashadi” – buxorolik tadbirkor

17:00 / 20.06.2024