2025 yilgi Haj mavsumida o‘zbekistonliklar uchun munosib sharoit yaratish masalalari muhokama qilindi
O‘zbekiston bosh konsuli Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligi Jidda bo‘limi direktori bilan uchrashdi.

Foto: "Dunyo" AA
O‘zbekiston bosh konsuli Sirojiddin Shamsutdinov Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligi Jidda bo‘limi direktori Farid bin Saad ash-Shahriy bilan uchrashdi.
Uchrashuv avvalida Farid bin Saad ash-Shahriy mamlakatimiz bosh konsulini yangi lavozimga tayinlangani bilan tabriklab, Saudiya TIV rahbari tomonidan imzolangan konsullik ekzekvaturaning asl nusxasini taqdim etdi.
U, shuningdek, Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligi Jidda bo‘limi O‘zbekiston Bosh konsulxonasini barcha masalalarda qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
Muloqot chog‘ida so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi hamkorlik barcha yo‘nalishlarda mustahkamlanib borayotgani qayd etildi. Shu bilan birga, o‘zaro savdo-iqtisodiy, sayyohlik, ilm-fan va madaniyat sohalarida bo‘lib o‘tadigan xalqaro ko‘rgazma, festival va konferensiyalar haqida o‘zaro ma’lumotlar almashish hamda vakillar ishtirokini ta’minlash muhimligi ta’kidlandi.
Tomonlar Bosh konsulxona qoshida «O‘zbek tili va madaniyati» markazini tashkil etish imkoniyatlari xususida fikr almashildilar.
Bundan tashqari, «Haj-2025» mavsumini yuqori darajada tashkil etish, xususan O‘zbekistondan keladigan bo‘lajak hojilarga munosib sharoitlarni yaratish masalalari muhokama qilindi.
Mavzuga oid

12:47 / 24.04.2025
Haj va Umra ziyoratiga noqonuniy ravishda yubormoqchi bo‘lgan shaxslar aniqlandi

22:29 / 21.04.2025
Haj va Umra yagona portali ishlab chiqiladi

01:01 / 15.04.2025
Uzbekistan Airways Toshkent-Jidda reyslarida Umra vizasiga ega yo‘lovchilarni qabul qilishni to‘xtatdi

21:18 / 14.04.2025