Andijon shahriga yangi hokim tayinlandi
2022 yil iyun oyidan Andijon shahar hokimi lavozimida ishlab kelgan G‘ofurjon Abdurahmonov 19 aprel kuni viloyat hokimligiga chaqirtirilib, ishdan bo‘shash haqidagi arizasi olingan. Uning o‘rniga Izboskan tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Elyorbek Karimov tayinlandi.

Elyorbek Karimov
Izboskan tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Karimov Elyorbek Rahmatillayevich Andijon shahri hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Elyorbek Karimov 1986 yilda Izboskan tumanida tug‘ilgan. 2008 yilda Andijon qishloq xo‘jalik institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida g‘aznachilik hamda moliya tizimining tuman hamda viloyat idoralarida mas’ul lavozimlarda, shuningdek, Izboskan tumani hokimining birinchi o‘rinbosari, viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat olib borgan.
Elyorbek Karimov 2023 yil dekabridan buyon Izboskan tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.

2022 yil iyun oyidan Andijon shahar hokimi lavozimida ishlab kelgan G‘ofurjon Abdurahmonov 19 aprel kuni viloyat hokimligiga chaqirtirilib, ishdan bo‘shash haqidagi arizasi olingan. Uning nima sababdan ishdan olingani ma’lum emas.
Daryo.uz manbasi G‘ofurjon Abdurahmonovning ishdan olinishi Andijon shahar kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘ining ish vaqtida kabinetida psixotrop modda iste’mol qilgani sabab bo‘lishi mumkinligini bildirgan.
Mavzuga oid

18:09 / 13.09.2024
Andijonda o‘quvchilarni jazo sifatida o‘tirib-turg‘azgan xodimga chora ko‘rildi

14:38 / 12.09.2024
Andijonda darsga kech kelgan qizlar jazo sifatida o‘tirib-turg‘azildi. Bu mumkin emas

12:19 / 10.09.2024
Andijonda homilador ayolning vafoti bo‘yicha prokuratura tekshiruv o‘tkazadi

16:06 / 09.09.2024