Fan-texnika | 09:03 / 21.04.2025
6471
2 daqiqa o‘qiladi

iPhone 17 Pro g‘ilofi suratlari smartfon kamerasi dizaynini oshkor qildi

Apple smartfonida «kamera paneli» dizayni o‘zgaradi.

Foto: X / MajinBuOfficial

Insayder Majin Boo iPhone 17 Pro g‘ilofi eskizlarini e’lon qildi, ulardan Apple smartfoni «kamera paneli» dizayni oshkor bo‘ladi.

Panelda kamera obektivlari chap tomonga joylashtirilgan, flash va LiDAR sensori o‘ng tomonga o‘tkazilgan.

Boo tomonidan e’lon qilingan fotosuratlarda ko‘rsatilgan ranglar oq, och ko‘k, och yashil, och binafsha va ko‘mirrang ekanini ko‘rish mumkin. Bitta fotosuratda kamera paneli quyuq kulrangda ko‘rsatilgan, biroq aksariyat tasvirlarda kamera paneli oq rangda ko‘rsatilgan, bu esa Apple 17 Pro modellari uchun rang tanlovini iPhone 16 Pro bilan bir xil saqlashini ko‘rsatadi.

Avvalroq, boshqa bir insayder iPhone 17 seriyasi haqida ma’lumot berib, yangi liniya quyidagilarni o‘z ichiga olishini ma’lum qilgan edi:

- iPhone 17;

- iPhone 17 Air;

- iPhone 17 Pro;

- iPhone 17 Ultra.

Bularning barchasi haqiqatga qanchalik mos kelishi sentabr oyida iPhone 17 seriyasi rasman taqdim etilganida ma’lum bo‘ladi.

Mavzuga oid