O‘zbekiston | 13:19 / 21.04.2025
1304
2 daqiqa o‘qiladi

Kasbiy ta’limni rivojlantirish jamg‘armasining faoliyati tartibga solindi

Jamg‘arma faoliyatini tartibga soluvchi nizom tasdiqlandi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Hukumat qarori bilan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizom Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish, Jamg‘arma faoliyatini boshqarish, uning mablag‘larini taqsimlash, hisobi va hisobotini yuritish tartibini belgilaydi.

Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi maqsadlarga yo‘naltiriladi, jumladan:

- kasbiy ta’lim tashkilotlarining o‘quv-metodik ta’minotini mustahkamlash, o‘quv adabiyotlarini yaratish, chop etish va ularning kitob fondini to‘ldirish;

- “Kasbiy ta’lim” platformasini ishlab chiqish va uning lozim darajada ishlashini ta’minlash;

- pedagog kadrlar yoki o‘quvchilar o‘rtasida o‘tkaziladigan respublika tanlovlari g‘oliblarini taqdirlash va rag‘batlantirish.

- Jamg‘arma faoliyatini boshqarish va uning mablag‘larini taqsimlash uchun Kengash tashkil etiladi.

Jamg‘armaning daromadlar va xarajatlar smetasi hamda uning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlar, shuningdek, tovarlarni xarid qilish bo‘yicha tuzilgan shartnomalar ro‘yxatlari vazirlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Mavzuga oid