2024 yilda ijobiy hal qilingan sug‘urta hodisalarining chorak qismi GROSS ulushiga to‘g‘ri kelgan
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) O‘zbekiston sug‘urta bozorining 2024 yil yakunlari bo‘yicha ko‘rsatkichlariga oid hisobotini e’lon qildi.

Foto: GROSS
O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining (ILMA) "O‘zbekiston Respublikasi sug‘urta bozorining 2024 yil yakunlari bo‘yicha ko‘rsatkichlari" hisobotiga ko‘ra, GROSS kompaniyasi eng asosiy ko‘rsatkich — hal qilingan murojaatlar soni bo‘yicha O‘zbekiston sug‘urta kompaniyalari orasida birinchi o‘rinni egalladi.
2024 yilda kompaniya mijozlarning deyarli barcha murojaatlarini hal qildi – murojaatchilarning 98,7 foizi to‘lovlarni oldi. Bu bozordagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib, mamlakat bo‘yicha o‘rtacha hisobda murojaat qilganlarning 92,3 foizi to‘lovlarni olgan. GROSS jami 33 230 ta sug‘urta hodisasiga oid da’volarni hal qildi, bu esa O‘zbekistonda bir yil ichida amalga oshirilgan barcha to‘lovlarning chorak qismi demakdir. Mamlakatimiz sug‘urtalovchilari jami 143 709 ta arizani ko‘rib chiqib, ularning 132 629 tasi bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirdilar.
"Bizning ustuvor vazifamiz — mijozlarning manfaatlarini himoya qilish va o‘z majburiyatlarimizni to‘liq hajmda bajarish. Mana ketma-ket ikkinchi yil davomida biz to‘lovlar bo‘yicha yetakchilikni saqlab qolib, GROSS’ning ishonchliligini tasdiqlab kelmoqdamiz. Biz haqiqatan ham ishlaydigan sug‘urta mahsulotlarini yaratamiz, 24/7 rejimida muloqotda bo‘lamiz va har doim to‘lovlarni to‘laymiz. Biz uchun mijozlar ishonchini oqlash muhim", – deydi GROSS boshqaruvi raisi Otabek Nazarov.
Kompaniya qabul qilingan majburiyatlar va sug‘urta mukofotlari hajmi bo‘yicha mamlakatda barqaror ravishda yetakchi 3 talik sarasiga kiradi. GROSS’ning bozor ulushi O‘zbekiston sug‘urta bozorining 7,9 foizini tashkil etdi.
GROSS O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi hamda O‘zbekiston marketing uyushmasi tomonidan "O‘zbekistonda 2023 yilda sug‘urta to‘lovlari bo‘yicha ijobiy hal qilingan murojaatlar soni bo‘yicha yetakchilik uchun" mukofotini, 2024 yilda xalqaro darajada "O‘zbekistonda sug‘urta sohasida mijozlarga eng yaxshi xizmat ko‘rsatganlik uchun" (Best Customer Service in Insurance Uzbekistan 2024) Gazet International Awards mukofotini qo‘lga kiritgan edi.