Sport | 09:54 / 23.04.2025
11960
3 daqiqa o‘qiladi

Barcha davrlarning eng ko‘p maosh olgan sportchilari ro‘yxati tuzildi

Amerikalik basketbolchi Maykl Jordan barcha davrlarning eng ko‘p maosh oluvchi sportchilari ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi.

Foto: Jordan Brand via Getty Images

Dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi 100 nafar sportchisi o‘tgan yili maosh, mukofot pullari va homiylik shartnomalaridan rekord darajadagi 6,2 milliard dollar ishlab topdi. Bu borada futbolchi Krishtianu Ronaldu (260 million dollar) va basketbolchi Stefen Karri (154 million dollar) peshqadam bo‘lishdi. Biroq, basketbolchi Maykl Jordan faoliyatini yakunlaganidan 20 yil o‘tib, hammadan o‘zib ketdi va maydondan tashqaridagi eng buyuk sportchi maqomini mustahkamladi.

2024 yilda Jordan 300 million dollarga yaqin daromad oldi, asosan sport kiyimlari va poyabzal ishlab chiqaruvchi kompaniya tufayli, bu uning 1984 yilda debyutidan beri umumiy daromadini 3 milliard dollarga (inflatsiyaga qarab 4,15 milliard dollar) oshirdi. Bu 62 yoshli basketbolchiga Sportico portali talqiniga ko‘ra, barcha davrlarning eng badavlat sportchilari ro‘yxatida peshqadamlik qilishga imkon berdi.

Ikkinchi o‘rinni 1,91 milliard dollar (inflatsiyaga qarab 2,79 milliard dollar) daromad bilan amerikalik golfchi Tayger Vuds egalladi. Uchinchi o‘rinda futbolchi Krishtianu Ronaldu joylashgan bo‘lib, faoliyati davomida 1,83 milliard dollar (2,23 milliard dollar) ishlab topgan. To‘rtinchi o‘rinda 1,49 milliard dollar (1,88 milliard dollar) daromad bilan amerikalik basketbolchi Lebron Jyeyms, beshinchi o‘rinda esa 1,49 milliard dollar (1,85 milliard dollar) ishlab topgan futbolchi Lionel Messi joylashgan.

Eng yaxshi elliktalikka 8 xil sport turi bo‘yicha sportchilar kiradi, ularning aksariyati nafaqada, 18 nafari hali ham professional sport bilan shug‘ullanadi. Sayyoradagi ellikta eng badavlat sportchilar orasida 13 basketbolchi va sakkiz golfchi, shuningdek, 7 bokschi va poygachi, besh tennischi, to‘rt nafar futbolchi va ikkita beysbolchi bor.

Top-50 ga kirish uchun chegara 570 million dollarni tashkil qiladi. Ro‘yxatdagi yagona ayol tennischi Serena Uilyams bo‘lib, u 485 million dollar (inflatsiya hisobga olingan holda 660 million dollar) jamg‘argan.

Mavzuga oid