Murakkab vaziyatda qolgan mehnat migrantlariga moliyaviy yordam miqdori oshirildi
Xorijiy davlatlarda vaqtincha mehnat faoliyatini olib borayotgan fuqarolarni moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash kuchaytiriladi.

Foto: Sputnik / Pavel Lisitsyn
«O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda tashkillashtirilgan tartibda ishga joylashtirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi hukumat qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, mehnat migratsiyasida bo‘lgan davrda murakkab moliyaviy vaziyatda qolgan fuqarolarga ajratiladigan bir martalik moddiy yordam puli miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 2 barobaridan 5 barobarigacha oshirildi.
Shuningdek, vaqtinchalik yashash joyisiz qolgan fuqarolarning vaqtinchalik yashash joylariga (xostel) joylashtirish bilan bog‘liq xarajatlar 300 AQSh dollaridan, 500 AQSh dollargacha oshirildi.
Shu bilan birga, xorijiy davlatlarga tashkiliy tarzda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida ketayotgan fuqarolarning hayoti, sog‘lig‘i va boshqa tavakkalchiliklarini sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta mukofoti o‘rnini qoplash 300 ming so‘mgacha, og‘ir turdagi kasalliklarga chalingan va baxtsiz hodisalarga uchragan fuqarolarning davolanish bilan bog‘liq xarajatlari 1000 AQSh dollaridan, 1500 AQSh dollargacha oshiriladi.
Murakkab moliyaviy vaziyatda qolgan barcha ayollar va ularning voyaga yetmagan farzandlari beg‘araz tarzda Vatanga qaytariladi.
Mavzuga oid

21:51 / 05.05.2025
AQShni o‘z xohishi bilan tark etadigan noqonuniy migrantlarga 1000 dollardan pul beriladi

21:57 / 04.05.2025
Portugaliya 18 mingga yaqin noqonuniy migrantni mamlakatdan chiqarib yuboradi

22:46 / 03.05.2025
Shvetsiya migrantlarga vataniga qaytishi uchun 32 ming yevro to‘laydi

21:09 / 03.05.2025