Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida o‘tkir tig‘larni noqonuniy olib yurgan 147 nafar shaxs aniqlandi
«Tig‘» maxsus profilaktik tadbirida 149 dona o‘tkir tig‘li ashyo (sovuq qurol) aniqlanib, belgilangan tartibda rasmiylashtirildi.

Foto: IIBB
Toshkent viloyatida o‘tkazilayotgan «Xavfsiz va sog‘lom yurt» tezkor-profilaktik tadbiri doirasida «Tig‘» maxsus profilaktik tadbirlari o‘tkazilmoqda. Bu haqda viloyat IIBB xabar berdi.
Qayd qilinishicha, tadbir davomida ko‘cha va jamoat joylari, shuningdek boshqa hududlarda o‘tkir tig‘li ashyolarni noqonuniy ravishda olib yurgan 147 nafar shaxs aniqlandi. Ulardan umumiy hisobda 149 dona o‘tkir tig‘li ashyo (sovuq qurol) aniqlanib, belgilangan tartibda rasmiylashtirilib olindi.
Aniqlangan ashyolardan 137 tasi pichoq, 4 tasi kastet 2 tasi bita, qolgan 6 tasi boshqa ko‘rinishdagi tig‘li jismlarni tashkil qilgan. Ta’kidlanishicha, tadbir natijasida ehtimoliy huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldi olindi.
Ma’lumot berilishicha, qonunga xilof ravishda sovuq qurol yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni olib yurish bazaviy hisoblash miqdorining 1 dan 5 baravarigacha bo‘lgan miqdorda jarima solinishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid

12:00 / 02.08.2025
Toshkent viloyatida quriladigan aeroport qanday bo‘ladi?

19:34 / 01.08.2025
Toshkent viloyatida bir qancha gaz «zapravkalari» faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

19:19 / 01.08.2025
Toshkent viloyatida yangi xalqaro aeroport quriladi

20:35 / 28.07.2025